PDP Academy «Unicorn» ta’lim granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlaydi.
Test sinovlarida tana harorati yuqori bo‘lgani va COVID-19`ga chalingani tufayli qatnasha olmagan abituriyentlar uchun 23 avgust kuni qo‘shimcha test sinovlari tashkil etiladi.
Afg‘onistonlik homilador ayol O‘zbekiston orqali evakuatsiya vaqtida Toshkentdagi tug‘ruqxonada o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bexzot Narmatov «O‘ztransgaz» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 881 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, juma kuni 412 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Sabzavotli, pishloq va tvorogli, tovuq va pomidorli, baliqli — Zira.uz mazali kishlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti, 5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalarning yangi dizayni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining bayonoti — “Gazeta.uz"ning 20 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Oxirgi bir necha kunda O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 nafar chet davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Xitoyda oilalarga uchta farzand ko‘rishga rasman ruxsat berilgani, Turkiyada yangi karantin cheklovlarining joriy etilgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning 150 nafar fuqarosi o‘zi xohishi bilan vataniga qaytarilganini ma’lum qildi. O‘zbekiston “Tolibon” rahbariyati vakillari bilan “ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va ta’qiblarning oldini olish” bo‘yicha kelishib olgan.
Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l yuklarini tashish sohasidagi monopoliyani tanqid qildi va xususiy logistika operatorlari o‘zining vagonlari bilan faoliyatini boshlashini ma’lum qildi. Prezident «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisiga monopoliyani bartaraf etish to‘g‘risida topshiriq berdi. «Kerak bo‘lsa, o‘zing tashkillashtirasan, o‘zing kredit olasan, o‘zing banklarga yalinasan», — dedi u monopol kompaniya rahbariga yuzlanib.
To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, dollarning rasmiy kursi 8,60 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 640,60 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari pasayishda davom etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Yil boshidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 1300 dan ortiq daraxtlarga reklama o‘rnatish holatlarini aniqlagan. «Reklama to‘g‘risida"gi qonun va hukumat qaroriga muvofiq, daraxtlarga reklama joylashtirish taqiqlanadi.
2025 yilga qadar O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirganda bojxona boji, utilizatsiya va avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi.
5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalar 26 avgustdan muomalaga chiqariladi. Markaziy bank ularning dizaynini e’lon qildi. 2013 yil va 2017 yil namunasidagi banknotalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Shavkat Mirziyoyev soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani uni xavotirga solayotganini ta’kidladi. Soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan, jiddiy choralarni amalga oshirish zarurligi aytildi.
Dam olish kunlari havo +36…+38 darajagacha isiydi. Shu kunlarda respublikaning barcha tekislik hududida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda hamma arzon kredit olishni xohlashini, biroq foizni sun’iy pasaytirish bozordagi muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. «Lekin, kredit foiz stavkalarini sun’iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim», — dedi davlat rahbari.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting