Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi rahbari Malika Qudratxo‘jayeva «uchta tumanda karantin qoidalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashish kasallikning keng tarqalishiga olib kelgan» dedi. U karantin talablarini buzganligi to‘g‘risida misollar keltirdi va Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasida ko‘rsatilmagan bemorlardan birining o‘limi haqida xabar berdi.
17 mart tunda O‘zbekistonga Hindistondan umumiy miqdori deyarli 2 mln dollarga teng bo‘lgan 660 ming doza Covishield vaksinasi (litsenziya bo‘yicha Hindistonda ishlab chiqarilgan AstraZeneca vaksinasining mahalliy nomi) yetib keladi. Vaksina O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida bepul yetkazib beriladi.
Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yig‘ilish va majlislar tashkil etish hamda o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlandi.
Toshkentda ommaviy madaniy tadbirlar va to‘ylarda karantin talablariga rioya etilishi bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi. Agar vaziyat 1 apreldan yomonlashsa, ular vaqtincha taqiqlanishi ham mumkin.
16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group va Slovakiyaning Chirana kompaniyalari O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha poytaxt shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish ob’ektlarida va taksilarda karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Dollarning rasmi kursi 7 so‘mga qimmatladi va jami 10 536 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan niqobli tartib bekor qilinmagan. Karantinli sharoitda niqobsiz bo‘lganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solinadi, deb ogohlantirdi Adliya vazirligi matbuot kotibi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2,7 mln ni tashkil etmoqda. 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, har 100 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 8 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Markaziy bank Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan 50 ming so‘mlik va 100 ming so‘mlik oltin esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlarini chiqardi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. Jumladan, «Turon» bosh jamoasi bosh murabbiyi hamda klub prezidenti jazolandi.
Toshkentlik ayol Navoiy viloyatida tug‘ilgan 23 yoshli qizni avvaliga, poytaxtga ishga olib kelib, keyinchalik Turkiyaga olib ketgani aniqlandi. Navoiy viloyati IIB xodimlari o‘tkazgan surishtiruv natijasida ayol o‘z qarzini to‘lash uchun qizni Turkiyada yashovchi shaxsga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Prezident «Ekologik audit to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, atrof-muhitga ta’siri kam bo‘lgan sub’ektlar ixtiyoriy, ta’sir ko‘rsatish xavfi o‘rta yoki ko‘plari esa har yili auditdan o‘tkaziladi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha audit xulosasi tuziladi.
18 martdan boshlab Qozog‘iston poytaxtida karantin e’lon qilindi. Karantin qoidalariga ko‘ra, shaharda ommaviy tadbirlar o‘tkazish va ularda qatnashish taqiqlanadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi Gissarak va To‘polon to‘g‘onlari xavfsizligini baholash uchun AQSHdan harbiy muhandislar korpusining ekspertlar guruhi O‘zbekistonga keldi.
Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, mazkur vaksinaning qo‘llanilishi Indoneziya, Kongo Demokratik Respublikasi, Tailand, Janubiy Afrika tomonidan ham to‘xtatildi. JSST preparatning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Quyi palata deputati ko‘chalarda odamlarning qoidabuzarliklarni telefonga suratga olishi va buning evaziga rag‘batlantirilishi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. «Ularga 10−15 ming so‘m berayaptimi, ertaga 100 ming so‘m berib, vataningni sot, desa ham sotvorishga tayyorlar ko‘p ekan. Bu juda yomon», — dedi u. Kusherbayev qoidabuzarlarni aniqlashdan oldin infratuzilmani yaxshilab qo‘yishga kerakligini qo‘shimcha qildi.
Samarqand viloyati IIB xodimlari 500 gramm «opiy» giyohvandlik vositasini 5 ming dollarga sotayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nishon tumanida 4ta MCHJ tomonidan 713 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Ular 64 nafar fuqaroga jami 80,1 sotix yer maydonida issiqxonalar qurib berishi lozim bo‘lgan. Gumondorlarga nisbatan JKning 167-, 184-, 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Prezident Qashqadaryo viloyatida shakllantirilgan 11,3 trln so‘mlik 1 125 ta hududiy loyiha bilan tanishdi. Xususan, sanoat sohasida 296 ta, xizmat ko‘rsatishda 449 ta, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 380 ta korxona tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Natijada 19 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting