Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov uchrashdi
11 mart 2021, 17:51

Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov uchrashdi

Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazishga yo‘l olishdi.

Qurilish vazirligi Qashqadaryoda noqonuniy tarzda qurilayotgan binolar haqida ma’lumot berdi
11 mart 2021, 17:27

Qurilish vazirligi Qashqadaryoda noqonuniy tarzda qurilayotgan binolar haqida ma’lumot berdi

Qurilish vazirligi Qashqadaryo viloyatida noqonuniy ravishda qurilayotgan binolar haqida ma’lum qildi. Qurilayotgan binolarda, asosan, hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlash va texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi holatlari kuzatilgan.

Yangiyo‘lda tadbirkordan pora talab qilgan kadastr tuman bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 mart 2021, 16:45

Yangiyo‘lda tadbirkordan pora talab qilgan kadastr tuman bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yangiyo‘l tumani kadastr agentligi boshlig‘i v.b. tadbirkorning ishini bitirib berish evaziga 10 tonna sement talab qilgan. Uni 10 mlnga baholab, shundan 500 dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta ko‘tarilmoqda
11 mart 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi marta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmi kursi 9 so‘mga qimmatladi va jami 10 513 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilinadi
11 mart 2021, 16:09 31

2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilinadi

2021/2022 o‘quv yilida Prezident maktablariga 1632 nafar o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilmoqda. Hozircha qabullar Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida mavjud Prezident maktablariga bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari 29 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasida shu yili 10 ta prezident maktabi bunyod etilishini aytgan edi.

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
11 mart 2021, 15:49

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, inflyatsiyaning 2021 yil yakuni bo‘yicha 9,0−10,0 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi
11 mart 2021, 15:43

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik jamg‘arma tashkil etadi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali $50 mlnlik qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Kelgusida uning ustavi 200 mln dollarga yetkazilishi ham reja qilingan. «Yangi tashkil etiladigan jamg‘arma o‘zaro hamkorligimiz rivojlanishining katalizatoriga aylanadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov.

«O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endi to‘siqlar yo‘q» — Ruslan Kazakbayev
11 mart 2021, 15:16

«O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida endi to‘siqlar yo‘q» — Ruslan Kazakbayev

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev AKIpress’ga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohadagi munosabatlar, suv masalasi va davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risida co‘z yuritdi.

13-mart — shanba kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi
11 mart 2021, 14:25

13-mart — shanba kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi

Shanba kuni umumaxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Ushbu xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov rahbarligida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ish beruvchilar tomonidan Hasharga xodimlarini majburiy jalb qilish taqiqlanadi, aks holatda mutasaddilar jazolanadi.

Shartnomalarga rioya qilinishi kerak: Adliya vazirligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yaxshilashni taklif qilmoqda
11 mart 2021, 12:43

Shartnomalarga rioya qilinishi kerak: Adliya vazirligi shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yaxshilashni taklif qilmoqda

1 maydan boshlab banklarga yetkazib berilayotgan mahsulot yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek 50 foiz va undan ortiq davlat ulushiga ega kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarda 15 foiz miqdorida avans to‘lash talabini bekor qilishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan. Jismoniy shaxslarga chet el valyutasida kredit berish va to‘lash huquqi berilishi mumkin.

Ehtiyojmand oilalarning yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi
11 mart 2021, 12:22

Ehtiyojmand oilalarning yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi

1 apreldan boshlab «temir», «yoshlar» va «ayollar» daftarlariga kiritilgan ehtiyojmand oilalar yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
11 mart 2021, 11:38

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’limi uchun test fanlari bloklarini aniqladi. Mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 etib belgilandi.

Tomas Bax Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga qayta saylandi
11 mart 2021, 10:22

Tomas Bax Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga qayta saylandi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining amaldagi prezidenti Tomas Bax yangi muddatga qayta saylandi. U ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘lgan.

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida
11 mart 2021, 00:12

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida

Inomjon Tog‘ayev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida gaz va elektr ta’minotidagi noreal qarzdorlik, uni aholiga to‘latish holatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, «bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan». Shuningdek, Tog‘ayev ASKUE tizimi haqida gapira turib, «bu onlayn so‘zi nomiga bor», dedi.

Jahon yangiliklari dayjesti
10 mart 2021, 20:24

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiyaning ilk bor kosmosda harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishi, Tailandda sayyohlarga yaxtalarda karantindan o‘tishga ruxsat berilgani, Moldova prezidenti qarorgohining xarajatlari ikki baravar kamaytirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel videoanjumanda uchrashadi
10 mart 2021, 18:59

Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel videoanjumanda uchrashadi

O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

1 sentyabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi
10 mart 2021, 18:46

1 sentyabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi

Hukumatning tegishli qarori bilan 1 sentyabrdan yangi transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasligi belgilanmoqda. Ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshgan avtomobillar 1 yilda 1 marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tgani to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti ham bekor qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi deyarli 48,5 mlrd so‘mga avtozaklar va boshqa transport vositalarini sotib oldi
10 mart 2021, 18:39

Ichki ishlar vazirligi deyarli 48,5 mlrd so‘mga avtozaklar va boshqa transport vositalarini sotib oldi

Yil boshidan buyon IIV davlat xaridlari doirasida 48,5 mlrd so‘mga 50 ta avtozak, 16 ta tentli yuk mashinasi, 30 ta avtobus va boshqa transport vositalarini sotib oldi.

«Bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan» — Inomjon Tog‘ayev
10 mart 2021, 18:19

«Bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan» — Inomjon Tog‘ayev

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori NNTlar aslida hokimiyatlarning o‘ng qo‘li ekanini aytdi. «Muammoni ko‘tarib chiqayotgan odamlar uning yechimini ham o‘zi biladi», — dedi u. Biroq, Tog‘ayevning fikricha, «bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan». U Amerika ovoziga bergan intevyusida lobbizm masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina olgan fuqarolarga sertifikat beriladi
10 mart 2021, 17:32 14

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina olgan fuqarolarga sertifikat beriladi

Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolarga vaksina olganligi to‘g‘risida sertifikatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Emlanadigan fuqarolarni elektron ro‘yxatga olish uchun emlash.uz sayti yaratildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting