TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi yaxshilangan. Eng sezilarli o‘sish qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatilgan.
Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti filiali Guliston shahrida tashkil etiladi. Filialga qabul qilingan talabalar 3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada ta’lim oladi. 30 foiz talabalarga grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etiladi.
SIMETRA kompaniyasi Samarqandda transportni rivojlantirish loyihasining bosh rejasini ishlab chiqadi. Ushbu reja avgust oyining ohirigacha amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi 2020-yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019-yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qildi. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan.
Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq, Chexiyada esa 16,6 mingdan ortiq inson vafot etdi.
Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalar bilan tanishish uchun Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.
Markaziy saylov komissiyaning raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Senat raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev saylanishi kutilmoqda. Unga esa adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov o‘rinbosar bo‘ladi.
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca/Oxford vaksinasini oladi. Vaksinaning bir dozasi narxi taxminan 3 dollarni tashkil etadi.
Xonanda Jasur Umirovning ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlari prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.
Poytaxt hokimiyati O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan «Istiqlol» majmuasi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Ob’ekt Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» xiyobonida (Toshkent markaziy univermagi qarshisida) bunyod etiladi.
Prezident farmoni bilan 2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi. U 274 banddan iborat. Yil davomida tadbirlarni amalga oshirishga jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi.
Ipoteka-banki boshqaruvi raisi Shuxrat Atabayev prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘ldi. U Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy institutida tahsil olgan va mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan.
Ukrainada muholifatning prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish tashabbusi, Saudiya Arabistonining 20 mamlakatdan qirollikka kirishni vaqtincha taqiqlagani, AQSHda metall detektorlaridan o‘tishdan bosh tortgan amaldorlarga jarimalar qo‘llanilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Deputatlar Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov bilan birga yana 6 nafar a’zoning vakolatini tugatishni ma’qulladi. Bundan tashqari, 8 nafar yangi a’zo tarkibi ham ko‘rib chiqildi.
The Economist Intelligence Unit tashkilotining Demokratiya indeksida O‘zbekistonning pozitsiyalari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanib, mamlakat 167 davlat orasida 155-o‘rinni egalladi. Lekin O‘zbekiston «avtoritar rejimlar» ro‘yxatida qolgan. Mintaqadagi «avtoritar rejimlar»da holat o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan bo‘lsada, tadqiqotchilar ushbu davlatlarda sezilarli o‘zgarish bo‘lishi kutilmayotganligini ta’kidlagan.
Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tgan yili 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 621 ta holatda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilinmagan bo‘lsa, yana 4 301 ta holatda ish haqi vaqtida to‘lanmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish xalq ta’limiga — 4 731 ta holatda rahbarlar tomonidan o‘qituvchi va boshqa xodimlarga nisbatan nohaqlik qilishga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘lishi ma’lum qilindi. Loyiha uchun umumiy 4,8 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting