1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi
8 oktabr 2020, 16:28 1

1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi

Jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.

O‘zbekistonda oktyabrdan ŠKODA KODIAQ avtomobili savdoga chiqariladi
8 oktabr 2020, 16:16

O‘zbekistonda oktyabrdan ŠKODA KODIAQ avtomobili savdoga chiqariladi

ŠKODA brendi ostidagi KODIAQ yo‘ltanlamasi O‘zbekiston bozoriga ikki komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Narxlar oktyabrda e’lon qilinadi, avtomobil qiymatining bir qismini to‘lab, oldindan buyurtma berish mumkin bo‘ladi.

Dor yo‘llarini qurgan investorlarga har 500 metr uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi
8 oktabr 2020, 15:56

Dor yo‘llarini qurgan investorlarga har 500 metr uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

Pandemiya sharoitida turizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, jumladan, yangi dor yo‘llarini qurib foydalanishga topshirgan investorlarga har 500 metr uchun 1 mlrd so‘mgacha mabag‘ ajratiladi.

Qirg‘iziston chegaralararo to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi
8 oktabr 2020, 13:47

Qirg‘iziston chegaralararo to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi

Qirg‘izistonda mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralararo to‘lov tizimlari, shu jumladan SWIFT tizimi faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Avvalroq banklarga faoliyatini to‘xtatib turish, 8 oktyabrdan boshlab esa soat 15:00 gacha ishlash tavsiya qilingan.

«Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas» — SSV
8 oktabr 2020, 13:02

«Vazirlik koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emas» — SSV

SSV koronavirus bilan bog‘liq statistik raqamlarni yashirishdan manfaatdor emasligini ma’lum qildi. Koronavirusga gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan va pnevmaniyaga chalingan bemorlar statistikada hisobga olinmaydi. Avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi rasmiy statistikadan 8 baravar yuqori bo‘lgan muqobilini keltirgan, biroq keyinroq o‘z bayonotini rad qilgan edi.

Chilonzor tumanida YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi
8 oktabr 2020, 11:39

Chilonzor tumanida YTH oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.

Kun davomida 345 kishida koronavirus aniqlandi
7 oktabr 2020, 23:50

Kun davomida 345 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 345 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 59788 taga yetdi.

«Superkontrakt» miqdorlari tasdiqlandi
7 oktabr 2020, 20:39

«Superkontrakt» miqdorlari tasdiqlandi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlandi.

Uzbekistan Airways qo‘l yuklari tashuviga cheklov o‘rnatdi
7 oktabr 2020, 19:58

Uzbekistan Airways qo‘l yuklari tashuviga cheklov o‘rnatdi

Uzbekistan Airways reyslarida qo‘l yuklari tashuviga cheklovlar joriy etildi. Mazkur qaror ijtimoiy masofani saqlash va o‘rindiqqa joylashish vaqtini qisqartirish maqsadida qabul qilindi.

Gulistondagi portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
7 oktabr 2020, 19:37

Gulistondagi portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Gulistondagi COVID-19 markazida gaz balloni portlashi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Tergovni Sirdaryo IIB huzuridagi Tergov bo‘limi olib boradi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdilar
7 oktabr 2020, 18:55

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqotda Qirg‘izistondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar.

AQSH mehnat vizalari berishni murakkablashtirdi
7 oktabr 2020, 18:44

AQSH mehnat vizalari berishni murakkablashtirdi

AQSH yuqori malakali ishchilar uchun H-1B mehnat vizalarini berishni murakkablashtirdi. Xorijlik ishchilarni ish bilan ta’minlash uchun «maxsus kasblar» soni kamaytiriladi.

Aksilkorrupsiya agentligi rahbari Samarqandda muqobil COVID-19 statistikasini e’lon qildi
7 oktabr 2020, 17:36

Aksilkorrupsiya agentligi rahbari Samarqandda muqobil COVID-19 statistikasini e’lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand viloyatida 143 nafar kornavirus bemori mavjudligini e’lon qilgan bo‘lsa, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, haqiqiy raqamlar 1155 nafarni tashkil etmoqda. Agentlik rahbari Akmal Burxonov bunday vaziyat barcha hududlarda kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi
7 oktabr 2020, 17:18

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomlarni tahrirlash uslubini yaratgani uchun Jennifer Dudna va Emanuel Sharpentega berildi.

Oltinko‘l tumani hokimi vafot etdi
7 oktabr 2020, 16:35

Oltinko‘l tumani hokimi vafot etdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi. Daryo nashrining manbasiga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan olamdan o‘tgan.

Nvidia videoqo‘ng‘iroqlar sifatini oshiradigan Maxine texnologiyasini taqdim etdi
7 oktabr 2020, 15:59

Nvidia videoqo‘ng‘iroqlar sifatini oshiradigan Maxine texnologiyasini taqdim etdi

Nvidia kompaniyasi neyrotarmoqlar yordamida ishlaydigan Maxine xizmatini ishga tushirdi. U videoqo‘ng‘iroqlarning sifatini oshiradi, ortiqcha shovqinni bartaraf etadi va jonli tarzda tarjima qiladi.

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi
7 oktabr 2020, 15:56

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Uyboshi va ko‘chaboshilarga tovon puli to‘lash taklif etilmoqda
7 oktabr 2020, 14:49

Uyboshi va ko‘chaboshilarga tovon puli to‘lash taklif etilmoqda

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mahalla faoliyatida faol qatnashayotgan uyboshi va ko‘chaboshilarni moddiy rag‘batlantirishni taklif qilmoqda. Ularga BHMning 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berilishi mumkin.

Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari 17:00 da e’lon qilinadi
7 oktabr 2020, 14:19

Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari 17:00 da e’lon qilinadi

Magistraturaga kirish imtihonlari natijalari tegishli OTMlar rasmiy veb-saytlarida 7 oktyabr soat 17:00 da e’lon qilinadi.

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori uy qamog‘iga o‘tkazildi
7 oktabr 2020, 14:06

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori uy qamog‘iga o‘tkazildi

8 sentyabr kuni hibsga olingan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva uy qamog‘iga o‘tkazildi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva jazo chorasini o‘zgartirishni so‘ragan edi. Xuddi shunday so‘rov Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ham bildirildi — biroq bosh shifokor qamoqdan chiqarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting