O‘zbekiston hukumati «yashil», «sariq» va «qizil» reyslarni joriy etgan holda bosqichma-bosqich xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va Turizm qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov mazkur tizim va «O‘zbekiston. Kafolatlangan xavfsiz sayohat» loyihasi haqida so‘zlab berdi.
Farg‘ona viloyati So‘x tumaniga Sayidbahrom Sayidmusayev hokim etib tayinlandi. U 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish talab etilishini ko‘zda tutgan hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolikni olish uchun talabgorlar o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlovchi imtihondan muvaffakqiyatli o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lishlari shart bo‘ladi.
Finlandiya Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratdi va jamg‘arma donoriga aylandi.
Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimini yangiladi. Yangi versiyada nafaqat nosozlik va xatolar tuzatildi, balki qo‘shimcha funksiyalar ham kiritildi.
Qashqadaryoda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan pul talab qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidan soxta guvohnoma hamda boshqa fuqarolarning pasport nusxalari va fotosuratlari, uyidan esa harbiy libos topildi.
Jahon banki qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qodir deb hisoblaydi. Pandemiya sababli oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qanday muammolar yuzaga kelishi va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida JBning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya xulosalari.
Prezident farmoniga binoan, davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan ishlash masalasini muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etiladi va u Parlament nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, 1 oktyabrga qadar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 3769 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 7 nafari Toshkent viloyatida va 2 nafari Sirdaryo viloyatida aniqlangan.
Qarshi tumanida foydalanilmayotgan 93 ga yer maydoni 132 nafar yoshga bo‘lib berildi. Yana 500 ga yer o‘zlashtirilib, 500 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va yoshlarga taqdim etiladi.
Bo‘stonliqda qoramol xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
FVV «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. 5171 ta uy loyqadan tozalandi, 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.
Janubiy koreyalik sarmoyador Samarqand viloyatining Jomboy tumanida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha klaster tashkil etadi. Loyiha 35 mln dollarga baholanmoqda.
O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus infeksiyasi tasdig‘ini topdi va jami holatlar 3760 taga yetdi. Aholi orasidagi holatlar Toshkent shahri va Buxoro viloyatida aniqlandi. 2 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
Gurlanda 400 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan “Agrobank” filialining sobiq rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avto 60 oy kompaniyasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetdi. Ular soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Qashqadaryo viloyatida hududida karantin qoidalariga rioya qilinmayotgan bozor vaqtincha yopildi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bozorni «virus uchun tayyor o‘choq» deb atadi.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev vazifasidan ozod etildi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uning xodimlarini so‘kayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.
Bosh vazir Abdulla Aripovning So‘x tumani aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim “janjalkash” qishloqlarni So‘x tumani xaritasidan o‘chirib tashlashini aytgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar borligini ta’kidladi.
“Gazeta.uz saytida yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aksariyat o‘quvchilar, ishonchni oqlamayotgan bo‘lsalar ham, O‘zbekistondagi mehribonlik uylari saqlab qolinishi kerak, deb hisoblaydi. Ular nima sabablarga ko‘ra bolalar uchun zararli va bolalarni qanday qilib oilaviy vasiylikka topshirish kerak? Dilmurod Yusupov bolalar uylarining kerakligi haqidagi afsonalarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini asoslaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting