Yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va 831 mln dollar xorijiy kreditlar o‘zlashtirilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiyalar hajmidagi ulushi 26% gacha o‘sdi. Ushbu davrda Rossiya, Xitoy, Germaniya va Janubiy Koreya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritgan davlatlar bo‘ldi.
So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga Rahimberdiyev Qosimjon rahbar etib tayinlandi. IIBning oldingi rahbari So‘x tumaniga hokim etib tayinlangan edi.
4 iyun kuni Yashnobod tumanida joylashgan bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in soat 06:05 da to‘liq bartaraf etilgan, yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Koronavirus bemorlari soni 31 nafarga ortib, jami 3874 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 8 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
«Ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak: 50 foiz karantin, 50 foiz iqtisodiyot» — prezident pandemiya sharoitida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Iqtisodiy kompleks a’zolariga Xitoy tajribasini o‘rganish tavsiya etildi.
15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.
15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.
5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.
Pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlandi prezident raisligidagi yig‘ilishda. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.
Prezident tomonidan 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilandi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldagi hukumatni iste’foga chiqarish bo‘yicha qarorga imzo qo‘ydi.
72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.
1 avgustdan boshlab yengil avtomobillarni olib kirish uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi. Hozir yengil avtomobillarning importi uchun 30 foiz aksiz solig‘ini to‘lash kerak (Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston olib kelinadigan avtomobillar uchun 2 foiz).
Quvasoy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari 202,4 mln so‘m mikdordagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tuman ko‘chalarida 75,5 mln so‘mlik metall ustun va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatgan kompaniya hisob raqamiga 278 mln so‘m o‘tkazilgan.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida voyaga yetmagan “Lacetti” avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli ag‘darilib, uning oqibatida avtomashinada bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlanadi, keyinchalik u shifoxonada vafot etgan.
O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Qayta tiklanish yo‘li” onlayn konferensiyasida YUNVTOning bosh kotibi 2021 yili tashkilotning navbatdagi 66-mintaqaviy komissiya yig‘ilishi Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lum qildi.
Davlat bojini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar 100 foiz miqdorda Davlat byudjetiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda tegishli qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirda davlat bojining ba’zi turlari bo‘yicha mablag‘larning 85 foizigacha qismi byudjet tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘tkaziladi.
Koronavirus holatlari 46 taga ko‘payib, jami 3815 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlarning 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
2 iyun kuni “Ganga” avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan “Cobalt” avtomobili keskin to‘xtagani sababli 7 ta bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni jami 3014 nafar kishiga yetdi. Tuzalganlarning 43 nafari Toshkentdagi uchta tibbiyot maskanlaridan, 42 nafari Navoiy viloyatidan va 10 nafari esa Samarqanddan. Kun davomida tuzalganlarning soni 95 kishiga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting