Koronavirus: tuzalgan bemorlar soni 561 kishiga yetdi
23 aprel 2020, 20:00

Koronavirus: tuzalgan bemorlar soni 561 kishiga yetdi

Buxoro viloyatida 58 nafar bemorning koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilindi. Kun davomida jami 111 kishi infeksiyadan xalos bo‘ldi.

Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi
23 aprel 2020, 19:26

Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Koronavirus bemorlari soni 1735 kishiga yetdi
23 aprel 2020, 19:15

Koronavirus bemorlari soni 1735 kishiga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga oshib, jami 1735 kishiga yetdi.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishidan oshdi
23 aprel 2020, 18:54

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishidan oshdi

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Hozirgi vaqtda umumiy kasallikka chalingan bemorlarning deyarli 30 foizi sog‘aygan.

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishiga yaqinlashdi
23 aprel 2020, 17:55

Koronavirusdan tuzalganlar soni 500 kishiga yaqinlashdi

Yana 9 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 495 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
23 aprel 2020, 17:43

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Xamrayev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yana 32 nafar koronavirus bemori tuzaldi
23 aprel 2020, 16:56

Yana 32 nafar koronavirus bemori tuzaldi

O‘zbekistonda navbatdagi 32 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 31 nafari Buxorodan, 1 nafari Jizzaxdan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 486 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi
23 aprel 2020, 16:18

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 3,5 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 1,130 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

“Narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emas” — prezident
23 aprel 2020, 15:45

“Narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emas” — prezident

Shavkat Mirziyoyev dehqon va ishlab chiqaruvchilarga murojaatida narx-navoni oshirish mutlaqo mumkin emasligi, chunki ularga davlat qo‘lidan kelgancha ko‘mak berayotganini ta’kidladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, bosh prokuror narx-navo bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.

Koronavirus bemorlariga davlat byudjetidan qancha pul sarflanmoqda?
23 aprel 2020, 15:09

Koronavirus bemorlariga davlat byudjetidan qancha pul sarflanmoqda?

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar, gumon qilinganlar va karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. O‘rta ahvoldagi har bir bemorga 32 mln so‘m, og‘ir ahvoldagi bemorga esa o‘rtacha 62 mln so‘m sarflanmoqda.

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda
23 aprel 2020, 14:46

Jahon banki pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda

Jahon banki 2020 yilda pandemiya tufayli dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari 20 foizga qisqarishini prognoz qilmoqda. Xususan, Rossiyada ishlaydigan mehnat muxojirlarning o‘tkazmalarining kamayishi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga salbiy tashqi shoklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Boysunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi
23 aprel 2020, 13:26

Boysunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi

Boysunda yarim tunda Nexia haydovchisi cho‘pon va uning qo‘ylarini urib yubordi. Natijada cho‘pon hodisa joyida halok bo‘ldi.

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi
23 aprel 2020, 13:15

Andijonda 4 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 4 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 454 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda
23 aprel 2020, 13:14

Tibbiy mahsulotlar uchun xom ashyo eksportiga cheklovlar joriy etilmoqda

Hukumat koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti hamda sement importiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etmoqda.

Tramp AQSHga immigratsiyani chekladi
23 aprel 2020, 13:12

Tramp AQSHga immigratsiyani chekladi

Donald Tramp AQSHga immigratsiyani 60 kunga to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ta’qiq koronavirus pandemiyasi tufayli ishini yo‘qotgan amerikaliklarni himoya qilishga qaratilgan.

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etildi
23 aprel 2020, 11:27

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etildi

Hukumat qarori bilan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etildi. Uning mablag‘lari karantin vaqtida ehtiyojmandlar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
23 aprel 2020, 10:43

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1716 nafar bemor. 22 aprel kuni bu ko‘rsatkich 38 nafarga ko‘paygan edi.

Ikki kun davomida koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘lmoqda
23 aprel 2020, 00:17

Ikki kun davomida koronavirusdan tuzalganlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘lmoqda

22 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan 55 taga ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi uch kun davomida qisqarib bormoqda.

Yana 24 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi
22 aprel 2020, 23:25

Yana 24 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 24 taga ortib, jami 1716 taga yetdi.

Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi
22 aprel 2020, 23:21

Jahon banki O‘zbekistonga 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi

Jahon banki O‘zbekistonga «COVID-19 koronavirusi infeksiyasiga shoshilinch javob» loyihasi uchun 95 mln dollar, «O‘zbekistonda bozor islohotlarining barqarorligini ta’minlash» loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirish uchun esa 200 mln dollar, jami 295 mln dollar ajratishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting