O‘zbekistonda 8 aprelga qadar avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun 194 mingdan ziyod ariza topshirildi. Jami 33 mingta transport vositasiga stiker berildi.
Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga yopildi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda COVID-19 aniqlandi.
Toshkentda qattiq shamol esishi va qor yog‘ishi sababli 44ta elektr stansiyasi va 20 ta gaz tarmog‘ida uzilishlar yuz berdi. 148 ta ko‘p qavatli uyga issiqlik ta’minotini yetkazishning vaqtincha imkoniyati yo‘q. Ko‘plab uzilishlar bo‘yicha tuzatish ishlari tugatilgan.
O‘zbekistonda kuchli qorli shamol mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida daraxtlar qulashi va elektr ta’minotida uzilishlarga olib keldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 63 ming xonadon vaqtincha elektr ta’minotisiz qoldi.
Respublika maxsus komissiyasi Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini yangiladi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ruxsatnomalar berilishi to‘xtatildi.
Aprelda qor yog‘ishi hamda atrofning qor bilan qoplanishi — O‘zbekiston iqlimi uchun noyob hodisa bo‘lib, bu holat oxirgi marta 2014 yilda kuzatilgan. Ushbu oyda yana qor yog‘ishining ehtimoli esa past. O‘zgidromet ob-havoning yaqin kunlarda tezda ko‘tarilishini bashorat qilmoqda.
Jahon bankining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish darajasi keskin pasayib, 1,6 foizni tashkil etadi. Mehnat muhojirlari yuboradigan pul o‘tkazmalari 50 foizga qisqarishi mumkin.
O‘zbekistonda mahalliy COVID-19 test tizimini ishlab chiqarishga erishildi. Tez orada oksigenatsiya niqobi, unga moslashtirilgan venturi klapani hamda IVL uskunalari uchun bakterial-virus filtrlarni ishlab chiqish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.
Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoda qariyb barcha sport tadbirlari bekor qilindi. Biroq xususiy orollardan birida UFC har hafta aralash janglar musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. UFC 249 musobaqasida o‘zbekistonlik Mahmud Murodovning ham ishtiroki kutilayotgan edi, ammo jang bekor qilindi.
Qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi va elektr qurilmalaridagi avariyaviy holatlar natijasida mamlakat hududlarida elektr energiyasi yetkazib berishda uzilishlar paydo bo‘lgan. Joylarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilayotganligi aytildi.
O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikistonga epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan tibbiy va oziq-ovqat mahsulotidan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.
Chirchiq shahridagi «Aziya» to‘yxonasida tashkil etilgan tibbiy niqoblar tikuvchilik sexi faoliyati yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Soliq qo‘mitasi sexda karantin qoidalari va sanitariya talablari qo‘pol ravishda buzilganligini aytmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 9 kishiga oshib, 555 nafarga yetdi.
9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi. Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmaydi.
9 apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish cheklanadi.
Berni Sanders AQSH prezidentligiga demokratlar nomzodi bo‘lish uchun praymeriz saylovlaridan chiqdi. Barak Obama prezidentligi davrida vitse-prezident bo‘lgan Jo Bayden noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida Trampning raqibi bo‘lishi kutilmoqda.
Chirchiq shahrida joylashgan «Aziya» to‘yxonasida noqonuniy ravishda faoliyat olib borayotgan tikuvchilik sexi aniqlangan. Nazorat tadbiri davomida 130 mingdan ortiq tayyor tibbiy niqoblar topilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1−1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ogohlantirishdan keyin ham tomorqasiga ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi.
O‘zbekiston prezidenti koronavirusdan vafot etgan 40 yashar bemorning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni tartib-intizomga qat’iy rioya qilib, o‘rinsiz vahimaga tushmaslikka chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting