AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi
7 noyabr 2022, 10:26

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu yana O‘zbekistonga keladi. U, shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘istonga ham tashrif buyuradi. Markaziy Osiyo iqtisodiy barqarorligi tashabbusi doirasida Qo‘shma shtatlar mintaqaviy savdoni mustahkamlash va investitsiyalarni jalb qilish uchun $25 mln ajratishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentda Beruniy metrosi yaqinidagi ko‘cha 6 kunga yopiladi
7 noyabr 2022, 09:49

Toshkentda Beruniy metrosi yaqinidagi ko‘cha 6 kunga yopiladi

O‘zMU hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi yo‘l 7 noyabrdan 12 noyabrga qadar yopiladi. Ko‘chada 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi
7 noyabr 2022, 09:44

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi ko‘tarildi

1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 132,41 etib belgilangandan so‘ng tijorat banklari mijozlar uchun takliflarni yangiladi.

Buxoro viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi
6 noyabr 2022, 10:34

Buxoro viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

6 noyabr kuni soat 08:56 da Buxoro viloyatining Peshko‘ tumani hududida 4 ballik zilzila qayd etildi.

Futbol: O‘zbekiston ilk bor Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
6 noyabr 2022, 10:22

Futbol: O‘zbekiston ilk bor Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA va UEFA shafeligidagi barcha turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi bilan ham uchrashadi.

Taxiatosh tumani hokimi qo‘lga olindi
6 noyabr 2022, 10:03

Taxiatosh tumani hokimi qo‘lga olindi

Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan 100 mln so‘m olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

JCH-2022: daholar ishtirokidagi paradokslar
5 noyabr 2022, 20:00

JCH-2022: daholar ishtirokidagi paradokslar

“Gazeta.uz” jahon chempionati boshlanishiga hafta-kunlarni sanashda davom etmoqda. Sizga “C” guruhini tanishtiramiz: Meksika pley-off yo‘llanmasini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga, Argentina futbol mamlakati nomini oqlashga, Polsha va Saudiya Arabistoni esa ularga taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi.

Senat saytini 14 yoshli o‘smirlar emas, namanganlik fuqaro buzgani ma’lum bo‘ldi
5 noyabr 2022, 18:05

Senat saytini 14 yoshli o‘smirlar emas, namanganlik fuqaro buzgani ma’lum bo‘ldi

Tarmoqlarda 2 noyabr kuni hakerlar hujumiga uchragan Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida xabar tarqaldi. Kiberxavfsizlik markazi esa buni inkor etib, hujumni namanganlik fuqaro bajargani va MarshGolden`ni ham u yaratganini ma’lum qildi. Hozirda holat bo‘yicha IIO ish olib bormoqda.

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
5 noyabr 2022, 17:18

To‘rtta holatda jami 874 gr «opiy» va 4,3 kg «gashish» moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

DXX tomonidan Toshkent shahri, Sirdaryo, Farg‘ona va Namanganda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida jami 900 grammga yaqin «opiy» va 4 kgdan ortiq «gashish»ni sotishda gumon qilinayotgan shaxslar ushlandi. Ularning aksariyati muqaddam sudlangan.

Mast holatdagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi
5 noyabr 2022, 14:39

Mast holatdagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari tashkil qilinadi

Hukumat qarori bilan jamoat joyida turli vositalar ta’sirida mast holda yurgan shaxslarni IIO xodimlari tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib borishi belgilandi. U yerda tartibni saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari qo‘yiladi.

Prezident standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
5 noyabr 2022, 11:58

Prezident standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident tomonidan standartlashtirishga oid yangi qonun imzolandi. Hujjat milliy standartlash tizimining tarkibiy tuzilmasi vakolatlarini, muddatli reja va toifalarini tartibga soladi. Qonun e’lon qilinganidan 1 yil o‘tib kuchga kiradi.

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi
5 noyabr 2022, 10:01

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinasining 583,2 ming dozadan iborat navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Yil yakuniga qadar mazkur vaksinadan 1 mlndan ortiq doza keltirilishi rejalashtirilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli taomlar
5 noyabr 2022, 07:41

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli taomlar

Qovoqli gulsimon somsalar, gaz pechida pishirilgan qovoq, qovoqli sho‘rva, manti, pishirilgan qovoqli salat, tatarcha burma va boshqalar — Zira.uz vitaminlarga boy mahsulot — qovoqdan tayyorlangan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda 4 ballik zilzila qayd etildi
5 noyabr 2022, 06:04

Toshkentda 4 ballik zilzila qayd etildi

Toshkentdan 41 km uzoqlikda, Qozog‘iston hududida 4,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.

«Bozor ochilsa ham, bu UzAuto Motors yo‘qolib ketadi degani emas» — «O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari
5 noyabr 2022, 00:05

«Bozor ochilsa ham, bu UzAuto Motors yo‘qolib ketadi degani emas» — «O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari

«O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari Azizbek Shukurov boj to‘lovlari pasayib, bozor «inomarka»lar uchun ochilgan taqdirda ham UzAuto Motors «yo‘qolib ketmaydi», degan fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 95 foizlik ulushni saqlab qolishning imkoni bo‘lmas, ammo ulushda keskin pasayish kuzatilmaydi.

«Xarajatlarni qisqartirishga to‘g‘ri kelsa ham, inflyatsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak» — moliya vaziri
4 noyabr 2022, 23:23

«Xarajatlarni qisqartirishga to‘g‘ri kelsa ham, inflyatsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak» — moliya vaziri

O‘zbekiston fiskal muvozanatni ta’minlash uchun budjet taqchilligini kamaytirishga e’tibor qaratishi kerak, deb hisoblaydi moliya vaziri. «Barcha xarajatlarni qisqartirish talab etilsa ham, bizning siyosat inflyatsiyaga qarshi kurashish bilan muvofiq bo‘lishi kerak. Bu farovonlikka xizmat qiladi», — dedi u.

4 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 noyabr 2022, 23:02

4 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentga tramvayni qaytarish zaruratini o‘rganadigan Transport vazirligi, pulli to‘xtash joylarini joriy etish masalasi, Uzcard xususiylashtirilayotgani, yomg‘irli bo‘ladigan dam olish kunlari, Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopilishi, Namangandagi soxta DXX xodimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev
4 noyabr 2022, 22:52

Afg‘onistondan narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan bog‘liq emas — Ismatulla Irgashev

«Tolibon» giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi oldingi tuzumga qaraganda qat’iyroq kurashmoqda, dedi O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev. U narkotrafikning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining ortishi emas, zaxiralardan foydalanish bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

«Biz qonun doirasidagi majburiyatimizni bajardik». Davaktiv rahbari — Uzcard xususiylashtirilishi haqida
4 noyabr 2022, 18:02

«Biz qonun doirasidagi majburiyatimizni bajardik». Davaktiv rahbari — Uzcard xususiylashtirilishi haqida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov Uzcard`ning 210,1 mlrd so‘mga xususiylashtirilishi va nega davlat ulushining ochiq savdolarga qo‘yilmaganiga izoh berdi.

Komil Allamjonov: “Ta'lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik kerak”
4 noyabr 2022, 17:30

Komil Allamjonov: “Ta'lim sohasida velosiped ixtiro qilmaslik kerak”

Komil Allamjonov O‘zbekiston ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmasdan, “eng ilg‘or” — Finlyandiya tizimini — “shartta olib, o‘ziga adaptatsiya qilishi” kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, matematika, fizika va ximiya qonunlari hammayoqda bir xil, faqat o‘qitish metodikasi farqli.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting