FHDYO bo‘limlari va notariuslar kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina aholini qabul qilishi belgilandi. Qolgan holatlarda Adliya vazirligi va uning hududiy idoralari fuqarolar murojaatlarini elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali qabul qiladi.
Amerikaning Genscript kompaniyasining COVID-19 virusini aniqlovchi ekspress-test namunalari mahalliy muqobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonga olib kelindi.
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bir kishiga oshib, 50 nafarga yetdi.
XVJ bosh direktori koronavirusning dunyo iqtisodiyotiga yetkazadigan zararini kamaytirish maqsadida favqulodda moliyalashtirishni kuchaytirish va 1 trln dollarlik kredit ajratishga tayyorligini bildirdi.
Davlat bosh sanitariya vrachi Baxrom Almatovning ogohlantirishicha, koronavirus tarqalishining zanjiri geometrik progressiya tarzida o‘sib ketishi mumkin. U koronavirus bemorlari bilan muloqotda bo‘lmagan qizda ham infeksiya aniqlangani hamda 5 nafar bemorda kasallik alomatlari yo‘qolganligini ma’lum qildi.
Xitoyning Xubey provinsiyasida epidemiologik vaziyat yaxshilandi, hududda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 25 mratdan provinsiya, 8 apreldan esa ma’muriy markazi Uxan chegaralari ochiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 49 kishida koronavirus infeksiyasi qayd qilingan. Ulardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qizlar. Bemorlarning 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan bo‘lgan.
Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Moskva, Istanbul, Seul va boshqa shaharlardan charter reyslari amalga oshiriladi.
Karantin munosabati bilan Toshkentning Yunusobod tumani aholisi uchun elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy me’yorini joriy etish tajribasi bekor qilinishi kutilmoqda.
Bosh prokuratura boshqarmalaridan biriga rahbarlik qilgan Shavkatjon Rahimov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.
Senatning yalpi majlisi karantin sababli videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi. Senatorlar O‘zbek tili bayrami kunini belgilash, bir qator kodekslarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlarni ko‘rib chiqadi.
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Xitoyda koronavirusga chalinganlarning 90 foizdan ziyodi sog‘aydi. Hozirda shifoxonalarda 4735 nafar bemor qolgan.
Toshkent va viloyatlardagi sanatoriya hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida 3 tadan karantin bazalari tashkil etiladi (Qoraqalpog‘istonda — 4 ta).
O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 49 nafarga yetdi.
Hukumat qaroriga ko‘ra ikki oy mobaynida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni amalga oshirmagan fuqarolar uchun ushbu xizmatlar o‘chirilmaydi.
24 martdan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy qilinadi. Poytaxtga kirish va bozorlar faoliyati to‘xtatiladi, davlat idoralariga qabul va davlat xizmatlari onlayn tartibda o‘tkaziladi.
Xorazm viloyatidagi Hazorasp tumani va Tuproqqal’a maskani hududidagi ayrim mahallalar yangi tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Pitnak shahri tumanning ma’muriy markazi bo‘ladi.
Toshkent shahrida 24 martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting