Surxondaryo viloyatida ikki kun davomida ikkita halokatli baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Uch kishi vafot etdi, yana bir kishi jarohat oldi.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi bosh vaziri Boris Jonsonning koronavirusga qarshi test natijalari ijobiy bo‘lib chiqdi. Endi u karantindan turib hukumatni boshqaradi.
O‘zbekistonda zarur bo‘lmagan hollarda uydan chiqish, shuningdek, ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi.
99 foiz pensiya mablag‘lari sterillangan naqd pul shaklida aholi uylariga yetkazilmoqda. Epidemiya tarqalishining oldini olish maqsadida pensionerlarni plastik kartalar bilan ta’minlashni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 35 nafari erkak, 48 nafari ayollar. Shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasidagi fatvoni e’lon qildi.
Respublika bo‘yicha jami 3649 ta karantin qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi. Ularning 3401 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bog‘liq.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kontrakt to‘lamagan talabalarga stipendiya berilmayotgani haqida xabarlarni rad etib, barcha talabalarga stipendiyalar belgilangan tartibda to‘liq to‘lab borilishini ma’lum qildi.
27 martdan viloyatlar o‘rtasidagi barcha turdagi transport turlari harakati to‘xtatildi. Yuk tashuvlari bundan mustasno.
Botir Zohidov MB raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlagan Ilhom Norqulovning iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilmoqda.
27 mart soat 12:00dan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Tomdi, Konimex va Xatirchi tumanlariga Navoiy viloyatining barcha hududlaridan transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ushbu hududlarda avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.
27 martdan boshlab Buxoro shahriga transportda kirish va chiqish to‘xtatildi. Shaharga kirishda cheklovlar tatbiq etilmaydigan holatlarda belgilangan to‘rtta karantin postlaridan kirish mumkin bo‘ladi.
AQSH tasdiqlangan koronavirus holatlari soni bo‘yicha Xitoy va Italiyani ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa chiqdi. Prezident Donald Tramp buni ommaviy tekshiruv o‘tkazilgani bilan bog‘ladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 8taga oshib, 83 nafarga yetdi.
Koronavirus tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 72 yoshli namanganlik ayol o‘tkir miokard infarktidan vafot etdi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 75 taga yetdi.
Prezident 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilishni topshirdi. Tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga yetkaziladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha yana bir bor xalqqa murojaat qildi. «Koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat o‘zining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini katta xavfga qo‘yishini chuqur anglab yetishi kerak», — dedi u.
Koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi. Ushbu jarayon davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodimlarga 100 mln so‘m, salomatligi tiklanmagan xodimlarga 250 mln so‘m bir marotabali to‘lov to‘lanadi.
Xususiy shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga vaqtincha ruxsat berildi. Ular ro‘yxati SSV tomonidan tendersiz tuziladi. Kasallarni davolash xarajatlari esa Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting