O‘zbekistonda shaharni yangilash bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyihalar amalga oshirilmoqda, bu uchun esa ba’zan butun mavzelar buzib tashlanmoqda. Ko‘pincha bu yetarli qonuniy asossiz sodir bo‘lyapti. BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha shunday xulosaga keldi.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida “Zarchob-1A” kichik GESi foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati — 3,3 mln dollar. Stansiya yiliga 13 mln kVt soat elektr ishlab chiqaradi va 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 522 nafar shaxs afv etildi. Ularning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari shartli ozod qilindi. Afv etilganlar orasida 19 nafar chet el fuqarosi, 27 nafar taqiqlangan tashkilotlardagi shaxslar mavjud.
Toshkent shahrining barcha 12 ta tumanida 2-sentabrga qadar Mustaqillik bayrami munosabati bilan sayillar va bayram tomoshalari o‘tkaziladi. Bog‘lar ro‘yxati.
Mudofaa vaziri Parij Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan dzyudochi Diyora Keldiyorovani “katta leytenant”, taekvondochilar Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovani esa “leytenant” unvonlari bilan taqdirladi. Qizlarga, shuningdek, “To‘maris” ko‘krak nishoni ham berildi.
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi O‘zbekistonga gazni “texnik jihatdan mumkin qadar maksimal darajada” yetkazib bermoqda. “Qishdagi darajada. O‘tgan qishda, O‘zbekistonda anomal kuchli sovuq bo‘lganida, biz u yerni gaz bilan ta’minlagan darajada”, — dedi kompaniya rahbari Aleksey Miller.
Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Parda podcast loyihasiga bergan intervyusida ayol sportchi bo‘lish qiyinchiliklari, jamiyatdagi stereotiplar va shaxsiy chegara haqida gapirdi. U, shuningdek, o‘zining qizlik va kelinlik oilasidan birdek qo‘llab-quvvatlov olganini ta’kidladi.
Maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mamlakatda qo‘shimcha maktablar qurilishi prioritetdaligini ta’kidladi. Rejaga ko‘ra, bu yil 180 mingdan ziyod o‘quvchi o‘rni uchun maktab qurib bitkaziladi. Bu uchun 11 taga yaqin loyiha bor. Shuningdek, vazirlik bitta yangi maktab qurilishiga qancha mablag‘ ketishini ochiqladi.
Isroil va HAMAS gumanitar tashkilotlar bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashlari uchun G‘azodagi jangovar harakatlarda uch kunlik tanaffusga kelishdi. Avvalroq JSST anklavda 25 yil ichida birinchi kasallanish holatini tasdiqlagan edi.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yengil atletikachi Asila Mirzayorova O‘zbekiston hisobiga ilk oltin medalni taqdim etdi. U o‘z chiqishi davomida 28 yillik turnir rekordini yangiladi.
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto.
Kubaro Hakimova para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha kumush medal oldi. U yadroni 10,36 metrga uloqtirib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Beshta kinopremyera, bog‘lardagi bayramona-ko‘ngilochar dasturlar, Anhor Sup Fest 2024, yarmarkalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahsida 5,22 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord natija 5,07 metr edi.
Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi.
Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.
Konimex tumanida O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochildi. Unda sig‘imi 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.
O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.
Avgust oxiri va bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 1-sentabrdan harorat foni pasayib, kunduzi +28…+31, kechasi +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Bu kunlarda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting