Rahim Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, To‘lqin Abdusattorov esa adliya vaziri o‘rinbosari va Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.
Moliya vazirligi va hokimiyat «Toshshahartransxizmat» va metropolitenning 47,7 mlrd so‘mlik zararlarini qoplaydi, ushbu mablag‘lar dizel yoqilg‘isi va elektr energiyasi uchun qarzlarni to‘lashga sarflanadi.
Namanganda o‘z ismini oshkor qilmagan tadbirkor shahardagi o‘zi o‘qigan maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi.
19 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo chempionati ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
2020 yil 1 martdan 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlar muomaladan chiqariladi.
O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar bo‘lgan Axadbek Haydarov hamda bunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Abdimuxtor Ergashev moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.
Samarqand viloyatidagi shaxtada o‘zboshimchalik bilan oltin qaziyotganlarni tosh bosib qolishi natijasida ikki kishi vafot etdi, biri jarohatlandi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorak finalida Shahobiddin Zoirov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
21 dekabr kuni Toshkentda katta MMA kechasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev «Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida"gi qonunni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi.
Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda hujjatlari yo‘qligi uchun bo‘limga borishni taklif qilgan YPX xodimiga hujum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mobil qurilmalarni IMEI o‘rqali ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi. 1-noyabrgacha avtomat ravishda bepul, 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.
Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Samarqandda butun shahar bo‘ylab o‘tadigan osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari doirasidan o‘rin olgan «Markaz — 2019» o‘quviga start berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting