Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda.
Apple kuzgi taqdimotda o‘zining yangi mahsulotlari — to‘rtta turdagi iPhone 14, Apple Watch Series 8, Apple Watch Ultra va AirPods Pro 2 kabilarni ommaga taqdim etdi. Yangi iPhone 14 smartfonlarida SIM-kartalar uchun slotlar bo‘lmaydi, ularda kengaytirilgan eSIM texnologiyasi mavjud.
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Narbayeva pandemiya va jahondagi geosisyosiy vaziyat tufayli kelajak qanday bo‘lishini bashorat qilib bo‘lmayotganini ta’kidladi.
Prezident farmoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MCHJ boshqaruv shaklidagi investitsion kompaniyaga aylantirildi. Kuzatuv kengashiga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri raislik qiladi.
O‘zbekiston Markaziy banki 8 sentabr kuni o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 997,61 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘zlarining dollarni sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 17 sentabrda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalari uchun ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, tekinga ichimlik ulashilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yig‘ib beruvchilar ommalashdi. «Gazeta.uz» ulardan bir nechtasini jamladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» ustav kapitalidagi 100 foizlik davlat ulushi sotilayotganini e’lon qilgandi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Mosaic Financial kompaniyasi tanlab olindi.
Hafta oxirida Volga bo‘yi hududlaridan O‘zbekistonga biroz nam va salqin havo kirib keladi. Natijada respublika hududining katta qismida havo harorati kunduzi +25…+28 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 2500 metrdan baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
Yaqinda 100 dan ortiq daraxt shikastlangan Chilonzor ko‘chasida bir kechaning o‘zidayoq 58 tup daraxt kesib tashlandi. Har ikki voqea tuman prokuraturasi yaqinida sodir etildi. Birinchi holatdan so‘ng tuman hokimi va prokuror ishdan olindi. Tuman hokimligi ertalab kesilgan daraxtlar o‘rniga 69 tup ko‘chat ekdi.
1 oktabrga qadar Bo‘stonliqning “Nanay” mahallasi hududiga olib boruvchi ko‘prik ta’mirlash sabab yopiladi. Ungacha tumandagi “Nanay”, “Bog‘iston”, “Boladala” mahallalariga “Burchmullo” orqali boriladi.
«Milliy manfaatlaringizni himoya qilish uchun 1-navbatda Rossiyadan qo‘rquvni chetga surib qo‘yishingiz kerak», dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlariga. Uning aytishicha, urush tugagach, Ukraina mintaqa davlatlari bilan munosabatlarga yangi dinamika berish niyatida.
«Biz hozir ham, hatto hozirgi sharoitda ham munosabatlarni imkon qadar rivojlantirishga tayyormiz, chunki urush — urush, lekin hayot to‘xtab qolgani yo‘q va biz oldinga intilishimiz, birgalikda nima qilishimiz mumkinligini izlashimiz kerak», — dedi Ukraina TIV rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida.
63 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanayotgan Andijonning sobiq hokimi, viloyat XTBning sobiq rahbari, prokuratura xodimi va boshqalardan iborat 44 kishilik guruh ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Sud majlisi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Darsliklardagi xatolarga izoh, Deniyel Rozenblyumni qabul qilgan prezident, «super-kontrakt»ning yangi tartibi, budjet taqchilligi chegarasiga moslasholmayotgan hukumat, Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni ortgani, blogerlarning taniqli himoyachisining vafoti va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi. Prezident Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.
Toshkent markazidagi Brasserie restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oshxona qismidan boshlangan. Alanga tezda o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Xususan, beshala yo‘nalishga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar birinchi yo‘nalishni tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelganlar soni 420 mingga yaqinni tashkil qildi. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 2,07 baravar ko‘p. Migratsiya tufayli Rossiyaning doimiy aholi soni 96 737 kishiga kamaygan.
Qozog‘iston deputatlari mamlakatning Birinchi prezidenti kunini davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash uchun ovoz berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting