Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tegishli hujjatlarsiz dori-darmon vositalarini olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatildi.
«Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Mo‘ynoq tumani markazida 18×36 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25×11 o‘lchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi organ bo‘lishi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yangi OTM — Qo‘qon universiteti tashkil etildi.
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlariga qo‘shimcha ravishda alohida qabul ko‘rsatkichlari belgilanadi.
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi 2019−2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.
AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni shaffoflik uchun minimal talablarni bajarmayotgan davlatlar ro‘yxatiga kiritib, vazirlik va davlat kompaniyalari xarajatlari hamda qarzlarini shaffoflashtirishni tavsiya qildi.
Yangibozor tumanida IIB xodimlari tomonidan jinoyatda gumonlanayotgan fuqaroning kaltaklanishi va zo‘rlash bilan qo‘rqitilgani haqidagi xabar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga qarshi yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. U fuqarolar va turli kompaniya egalarini zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, ularning mulkini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.
O‘zbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjatda «bojxona boji», «bojxona deklaratsiyasi» va «tarif bilan tartibga solish choralari» kabi tushunchalarni qo‘llash taklif qilinmoqda.
Yaqin kunlarda Volgabo‘yidan kirib kelgan salqin havo oqimlari mamlakat hududini tark etib, havo haroratining bir oz ko‘tarilishi kutilmoqda.
Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtorxon Toshxo‘jayev tashkilotga yangi rahbar etib saylandi.
Hukumat qarori bilan «G‘ijduvon» EIZ Kogon shahri va Kogon tumanidan 200 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer uchastkalari hisobiga kengaytiriladi.
O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Anahaymdagi UFC 241 turnirida promoushen prezidenti Dana Uayt bilan ko‘rishdi.
Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi bo‘yicha huquqshunos tahlili.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi Senatning yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Vazirlar Mahkamasining nizomiga ko‘ra haydovchi, yo‘lovchi va piyodalar YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.
To‘raqo‘rg‘onda «MAN» avtomashinasida borayotib boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi bir fuqaroning uyiga zarar yetkazdi va yetkazgan zararini qoplab berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting