Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 avgust kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«ArMI-2019» doirasida o‘tkazilgan «Harbiy-tibbiy estafeta» xalqaro tanlovi yakunlandi. Unda O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Samara viloyatida zaharlangan O‘zbekiston fuqarolaridan biri hayotdan ko‘z yumdi, shifoxonada qolayotgan 48 kishining ahvoli og‘ir.
«Eng katta xavf — kadrlarning saviyasida, bilimida, ilmida va fidoyiligida», — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev. Yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda u har bir amaldor o‘z vijdoni oldida javobgar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
«Poytaxt bulg‘amoqda» maqolasi shahar aholisi o‘rtasida shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Nikita Makarenko kim hali ham Bo‘zsuvni ifloslantirayotganini aniqlash uchun Bo‘zsuv tozalash inshootida bo‘ldi.
«Ural havo yo‘llari» aviakompaniyasining A321 samolyoti Moskva viloyatida dvigateliga qush kirib qolgani sababli makkajo‘xori dalasiga qo‘ndirildi. Havo kemasida 234 kishi bor edi, 23 yo‘lovchi jarohatlandi.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida «Lasetti"ning «KamAZ"ning orqasiga urilishi natijasida ikki kishi vafot etdi, yana ikki nafari shifoxonaga yotqizildi.
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman kengashi deputati To‘lqin Homidov tumandagi 29-maktab yoniga o‘rnatilgan radar YHX xodimlari tomonidan olib ketilganiga norozilik bildirdi.
Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Yevroittifoq «Jasliq» koloniyasining yopilishini olqishlab, penitensiar tizimda ham islohotlar bo‘lishini kutayotganini ma’lum qildi.
15 avgustdan Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi 1400 so‘mga qadar oshiriladi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari iyul oyida 27,7 mlrd dollarga yetdi.
Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan Xalqaro armiya o‘yinlarining «Tank biatloni» yo‘nalishi bo‘yicha yarim final bahslari O‘zbekiston terma jamoasi eng yaxshi natijani qayd etib, finalga yo‘l oldi.
Hokimiyatlarga tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy mehnat, homiylik va jamoat tadbirlariga jalb qilish taqiqlandi.
Komil Allamjonov OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat o‘z ma’lumotlari, balki ular ostidagi soxta akkauntlar yoki trollar qoldirgan fikrlar uchun ham javobgar ekanini ma’lum qildi.
Qozog‘istonda sud 2018 yil yanvarida «Samara — Chimkent» trassasidagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan avtobus egasini uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Prezident o‘z farmoni bilan rahbarlarga xususiy mulk daxlsizligi to‘g‘risidagi Konstitutsiya normalarini so‘zsiz ijro etish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yukladi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilmoqda.
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallab qurilayotgan uylar amalda ular uchun jismonan noqulay bo‘lib chiqmoqda. Dilmurod Yusupov ushbu muammoga e’tibor qaratdi.
Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2020 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting