Tojikiston vakili Toshkentda joylashgan SHHT MATT Ijroqo‘mi direktori lavozimiga kirishdi.
IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlov amalga oshirildi.
«Denov» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 47 turdagi 316 million 882 ming so‘mlik turli tovarlar olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov vodiy viloyatlarida gaz zapravkalarida narxning oshganiga izoh berdi.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan A.R.ning uyida elektr isitish pechiga ko‘rpacha tegib qolishi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon sohibi vafot etdi.
O‘zbekiston terma milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
“Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etilishi munosabati bilan uy-joylar va xonadonlarga zarur jihozlarni o‘rnatish qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.
Namangan viloyati hokimligi apparati uchun maxsus kiyim-bosh tayyorlandi va xalq bilan muloqot qilish, turli tadbirlarda ana shu xizmat kiyimidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
2018-yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 14,3 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 14,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 12,5 foiz va xizmatlar 15,8 foizga qimmatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Magnitogoroskda ko‘p qavatli uy qulab tushgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi.
Farg‘ona vodiysiga Qozog‘iston orqali barqaror tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi.
Yangi yil bayramida Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Chilonzor tumani va Xalqlar do‘stligi maydonida bayram mushakbozliklari bo‘lib o‘tadi va mushakbozlikdan so‘ng odamlarni manzillarga olib borish uchun avtobuslar ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.
«Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxt aeroportida noqonuniy ravishda olib o‘tilayotgan spirtli ichimliklar, dron va o‘q-dorilar to‘xtatib qolindi.
«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Badiiy akademiya Markaziy ko‘rgazmalar zalida ro‘y bergan yong‘in natijasida xizmat xonasiga zarar yetdi.
Toshkent metropoliteni Yangi yil kechasi tungi soat birga qadar ishlaydi.
Xo‘jayli tumanidagi YTHda to‘rt kishi, jumladan Qoraqalpog‘iston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari halok bo‘ldi.
31 dekabr kuni quruq, iliq havo bo‘lishi, Yangi yilning birinchi kuni esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sinoptiklar so‘nggi 50 yildagi eng sovuq va eng iliq bayram kunlarini yodga oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting