Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga patron olib kirmoqchi bo‘lgan xorijiy davlat fuqarosi qo‘lga olindi.
Prezidentning kuyovi Otabek Umarov avtomobillar tonirovkasi xavfsizlikni ta’minlashda to‘siq bo‘la olmasligini ma’lum qildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston hududlari turistik logotiplariga doir tanlov yakunlari e’lon qilindi.
Mirzacho‘l tumani «Bog‘bon» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘tish ko‘prigining damba ichiga tushib ketgan odam qutqarildi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Bosh prokuror tomonidan videokonferensiya aloqasi orqali respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan.
Olimpiya zaxiralari maktab internatida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasiga qarashli yangi sport bazasi ochildi.
XTV tomonidan «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston prezidentining kuyovi Tesla avtomobilida tezlikni oshirgani uchun 1,8 mln so‘m miqdorida jarima to‘ladi.
Mobil telefonlarini IMEI-kodlar bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimini joriy etish yangi tashkil qilingan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi.
Fides Solutions Jahon banki tomonidan kompaniyaga jazo choralari avvallari bir necha valyuta kurslari mavjud bo‘lganidan kelib chiqqan «tushunmovchilik» ortidan belgilanganini ma’lum qildi.
Toshkent IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari dam olish kunlarisiz ishlashmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Namangan, Nukus Xiva va Toshkent shaharlarida o‘z faoliyatini boshlaydigan prezident maktablariga o‘quvchilarni saralash jarayoni davom etmoqda.
Havo haroratining keskin isib ketgani sababli Toshkent viloyatida zarur dori-darmon va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan shifokorlar tez yordam mashinasi bilan navbatchilik qilmoqda.
O‘zbekistonda «Yevro-6» standartidagi avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish boshlanadi. Loyihaviy quvvat yiliga 190 mingta dvigatelni tashkil etadi.
O‘zbekiston prezidenti «Turizm to‘g‘risida"ni qonunning yangi tahririni imzoladi. Unda, jumladan, «yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi», «mustaqil turizm» tushunchalariga izoh berilgan.
Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Akmalxo‘ja Mavlonov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Jahon banki xodimiga pora taklif qilgan Fides Solutions kompaniyasi va fuqaro Ravshan Rizametov oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihada qatnashishdan shartli chetlashtirildi.
UzAuto Motors kompaniyasining yangi modellari umumiy bazada ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarish hajmini oshirib, tannarxni 20−25 foizga kamaytirishga xizmat qiladi, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting