Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Birgalikda tadbirkorlik qilamiz deya 16000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan shaxs ushlandi.
«ARMIYA — 2019» V forumida O‘zbekiston delegatsiyasi qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qurollantirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Yunusoboddagi 257-maktabning sport zali, stadioni, basketbol, voleybol, badminton maydonchalari, shaxmat va shashka xonalari tuman prokuraturasi tomonidan zamonaviy tarzda ta’mirlandi.
O‘zbekistonga joriy yilning olti oyi davomida premium toifadagi 600 avtomobil, 20 ta elektromobil olib kirilgan.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruvi Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirildi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishlari shart.
Neapolda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon yozgi universiadada O‘zbekistondan 42 nafar sportchi talaba qatnashadi. Barcha musobaqalarda 110 davlatdan 600 dan ortiq sportchining ishtirok etishi kutilmoqda.
Doniyor Toshxo‘jayev (Tergov departamenti boshlig‘i) va Doniyor Qodirov (turizm va transport obyektlarida xavfsizlik bo‘yicha) ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov energetika va sog‘liqni saqlash vazirlari nomiga haqoratli so‘zlarni ishlatdi. Viloyat ma’muriyati va Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga izoh berdi.
Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jizzaxdagi istirohat bog‘ida joriy yil may oyida ishga tushirilgan attraksionning sinib, qulashi oqibatida bir qiz vafot etdi.
Toshkentdagi Farg‘ona yo‘l ko‘chasini rekonstruksiya qilish doirasida 65 ta daraxtni kesish rejalashtirilmoqda. Oqava ariqlar o‘rnatish, sobiq tramvay yo‘li hisobiga yo‘lni 15 metrgacha kengaytirish va piyodalar yo‘lagini qurish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonning «Lukoyl» bilan mahsulotni bo‘lib olish bo‘yicha kelishuvidan daromadi 3,5 mlrd dollarni tashkil etdi, uning shartlarini o‘zgartirish rejalashtirilayotgani yo‘q, dedi «O‘zbekneftgaz» rahbari.
2019-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 10,3 foizga oshib, 19,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
Qoraqalpog‘iston harbiy xizmatchilari Jasliq posyolkasida shartli terroristlarni yo‘q qilish va «bombalar"ni zararsizlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Prezident davlat organlari va OAVning serverlarini TAS-IX tarmog‘iga joylashtirish xarajatlarini kamaytirishga topshiriq berdi.
Iyul oyining boshida O‘zbekiston bo‘ylab jazirama issiq harorat kuzatilishi kutilmoqda.
Gulchehra Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rektor etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan davlat organlari matbuot kotiblari axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘ldi. Ular Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi bo‘yicha tayinlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting