«Gazeta.uz» bosh muharriri Azamat Atajanov Matbuot OAV xodimlari kuni munosabati bilan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga tabrigida o‘zining bilim va salohiyatiga, ishchanlik fazilatlariga ishongan rahbar tanqiddan qo‘rqmasligi, biroq axborot maydonidagi bahslar haqqoniylik va xolislikka asoslanishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Moliya vazirligi Gulnora Karimovaning 1,2 mlrd dollarni respublika byudjetiga qaytargani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Daniyaning Grundfos A/S kompaniyasining tarmoqli ta’minotni boshqarish muvofiqlashtiruvchisi, «BUYUK KELAJAK» ekspertlar kengashi a’zosi Zaxriddin Toxirov zanjirli ta’minot boshqaruv tizimi, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi.
Hindistonning urug‘chilik sohasidagi yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri Kalash Seeds kompaniyasi bilan urug‘chilik klasterini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
«Ipoteka-bank» ustav kapitalidagi davlat ulushi 2022 yilga qadar 50 foizdan kamaytiriladi. Bank Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtiriladi.
Toshkentda 66 mingdan ortiq chiqindi qutisi o‘rnatilib, 10 ta yer osti moduli o‘rnatiladi.
Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kunida Toshkentda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olingan bir tonnadan ziyod giyohvand moddalar yo‘q qilindi.
«O‘zbekiston» metro stansiyasida erkak kishi holsizlik oqibatida temir yo‘l temir yo‘l izlariga yiqilib tushib, tan jarohati oldi.
Qozog‘istonning Aris stansiyasi orqali barcha xalqaro poyezdlar harakati to‘liq tiklandi.
«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov partiya deputati Qobul Do‘sovning ayollar va bolalar haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.
Toshkentda yuk mashinasi va oltita yengil avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi transportni boshqarayotganda uxlab qolgan.
Rustam Kurganbayev O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli lavozimiga tayinlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi otilgan it egasi va uni o‘ldirgan shaxs EKIHning 2 baravari, jarayonni videoga olgan shaxs esa EKIHning 50 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Breyk-dans, syorfing, toqqa chiqish va skeytbording yozgi Olimpiada-2024 dastlabki dasturiga kiritildi.
Qonunchilik palatasi deputatlari jazoni ijro etish muassasalarida jazosini o‘tayotgan pensionerlarga pensiya to‘lashni taklif qildi.
«Dubai Port World» kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroporti bazasida quruqlik portini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Fransiyanining Monjeron shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Radzivil oltin, Dusanova bronza medali sohibi bo‘ldi.
Ufa va Chelyabinsk poyezdlari yo‘lovchilari Qozog‘istonning Turkiston viloyatidan Toshkentga avtobuslarda olib kelinmoqda. 26 iyun kuni ertalab Novosibirsk-Toshkent reysi yo‘lovchilarini chiqarish boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting