Buxoroda umumiy qiymati 125 mlrd 304 mln bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
2019 yilning birinchi choragida qiymati 85,5 million AQSHdollari miqdoridagi tovarlar eksport qilindi va o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston bosh prokurori Koreya bosh prokurori Mun Mu Il boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Rustam Madumarovga tegishli «EDEL VEYS-ALI» ma’suliyati cheklangan jamiyatining 7 milliard so‘mdan ortiq mulki auksionga qo‘yildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Termiz shahridagi «ZIF Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.
Hukumat qarori bilan Bojxona xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplanishi belgilandi.
Huquqni muhofaza qilish organlari Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorga shafqatsiz muomala qilingani to‘g‘risidagi xabar bo‘yicha tergov oldi tekshiruvini olib bormoqda.
Aprelda inflyatsiya 0,9 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqatlar narxi o‘rtacha 1 foiz, noozliq-ovqat mahsulotlari — 1,1 foiz va xizmatlar 0,6 foizga o‘sdi.
Amerikaning Harlem Globetrotters basketbol jamoasi a’zolari Namangandagi 64-maktabda o‘quv o‘yini va bullingga qarshi trening o‘tkazdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan «Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz» shiori ostida O‘zbekistonda «sport oyligi» boshlandi.
XTV tomonidan Uchtepa tumanidagi 4-sonli hamda 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuzaga kelgan nizolar o‘rganib chiqildi va mazkur holatlarga qonun doirasida chora ko‘rildi.
Hukumat qarori bilan Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan To‘ra Bobolov viloyat hokimi vazifasiga tasdiqlandi.
O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasidagi havo aloqasi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirmoqda. U doimiy reyslarni amalga oshirish uchun aviatashkilotlarni jalb qilish va ularga imtiyozlar berishni ko‘zda tutadi.
Sergey Lavrov Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi hamkorlik memorandumi ishtirokchi davlatlari uchrashuvida qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga davlat bojini 30 foizdan 50 foizga oshirishni taklif qilmoqda.
Navoiyda yashovchi Sh. O. mast holda o‘zaro janjal tufayli V.V.ni uyida pichoq va qo‘li bilan urib jarohatlashi natijasida jabrlanuvchi vafot etdi.
“Sh. Rashidov nomli to‘qimachilik kombinati” MCHJ barpo etilishi natijasida 20 yildan beri ishlamayotgan obyektning faoliyati tiklanadi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘yinlarni 18 ta telekamera tasvirga olishi va VAR tizimini qo‘llash bo‘yicha yangi loyiha ustida ishlanayotganini bildirdi.
Mast holda qo‘shnisi urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan mahalla posboni sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting