Toshkent ko‘chalarida harakatlanayotgan jamoat transportlarida o‘qituvchi kasbini ulug‘lovchi ijtimoiy reklamalar paydo bo‘ldi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy ob’ektlarida zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
«Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari 53 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘ymadi.
«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi"da nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus vagonlar ishlab chiqarildi.
Yaponiyada Olimpiada-2020 davomida tomoshabinlarga o‘z joylarini topishda ko‘maklashadigan, zarur ma’lumotlarni beradigan robotning taqdimoti o‘tkazildi.
Hukumat qarori bilan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Konyadagi Selchuk universitetida «Ikki qardosh davlat: Turkiya-O‘zbekiston va ularning kelgusi munosabatida mening o‘rnim» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Buxorodagi «Favvoralar maydoni» bog‘iga balandligi 60 metr, hajmi 16 metrga 8 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali endi avtomaktablarga litsenziyani onlayn usulda qayta rasmiylashtirish imkoniyatni taqdim etmoqda.
Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Qirol Abdulaziz nomidagi «Tuyalar festivali» doirasida o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining qirq uchinchi sessiyasida ikki deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish qarorlari tasdiqlandi.
Koson tumanida yashagan S.O. ismli ayol gaz plitasi ustiga chelak qo‘yyotganida olov kiyimiga o‘tishi natijasida kuyish jarohati olib, vafot etdi.
AQSHda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda MDH ichida ashyoviy dalillarni almashish tartibi qabul qilindi.
Darxan Satibaldi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanayotgan avvalgi elchi Yerik Utembayev lavozimidan ozod etildi.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor iyul oyida jang o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
Dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada AQSH Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli sezilarli darajada yaxshilanganini bildirdi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida umumiy qiymati 26 million so‘mlik uyali aloqa vositalarni yashirincha olib o‘tayotgan fuqarolar aniqlandi.
Gimnastikachi Oksana Chusovitina Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogi finalida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting