Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan Qirol Abdulaziz nomidagi «Tuyalar festivali» doirasida o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining qirq uchinchi sessiyasida ikki deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish qarorlari tasdiqlandi.
Koson tumanida yashagan S.O. ismli ayol gaz plitasi ustiga chelak qo‘yyotganida olov kiyimiga o‘tishi natijasida kuyish jarohati olib, vafot etdi.
AQSHda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida 16 ta medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda MDH ichida ashyoviy dalillarni almashish tartibi qabul qilindi.
Darxan Satibaldi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Byudjet mablag‘larini talon-taroj qilganlikda gumonlanayotgan avvalgi elchi Yerik Utembayev lavozimidan ozod etildi.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor iyul oyida jang o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
Dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada AQSH Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli sezilarli darajada yaxshilanganini bildirdi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida umumiy qiymati 26 million so‘mlik uyali aloqa vositalarni yashirincha olib o‘tayotgan fuqarolar aniqlandi.
Gimnastikachi Oksana Chusovitina Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogi finalida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkent davlat yuridik universitetida 140 ming AQSH dollar miqdoridagi xalqaro grant doirasida innovatsion loyiha amalga oshiriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida 13 nafar mahkumning jazosini o‘talmay qolgan qismini ahloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.
Indoneziyada suv toshqinlari va ko‘chki oqibatida 70 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Indoneziya rahbari va xalqiga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi memorandum loyihasini tasdiqladi.
Majburiy ijro byurosi Xabar.uz saytida byuroning faoliyatiga oid tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi.
Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik xokkey yulduzlariga Toshkentda o‘zlarini uydagidek his etishlari uchun kvartiralar ajratishni topshirdi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Sarvar Otamurodov Xalq ta’limi va Madaniyat vazirliklari faoliyatini tanqid qildi.
Bosh prokuraturada bir qator lavozimlar, jumladan bosh prokurorning ikki o‘rinbosari lavozim shtat birligi hamda boshqarmalar tugatilmoqda. Prokuratura tizimidagi 1198 shtat birligini qisqartirish mo‘ljallanmoqda.
Toshkentda YPX xodimlarining yangi xizmat liboslari sinovi boshlandi. Forma chidamlilik, kiyib yurish va harakatlanishdagi qulayligi kabilar talablar bo‘yicha tekshirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting