Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Toshkentga uchayotgan samolyot bortida o‘zbekistonlik ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi.
«Chorsu savdo markazi — Ko‘kcha oqlon mahallasi» yo‘nalishida qatnovchi «Isuzu» rusumli 27-avtobus bilan transport hodisasi ro‘y berdi.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida ikki kishi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga tushdi.
Prezident imzolagan qaror bilan Konstitutsiyaga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Surxondaryoda fuqarolarni organlarga ishga kiritib qo‘yaman deb katta miqdorda pulni o‘zlashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.
Hibsxonalarda bo‘lgan hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov AQSHda venesuelalik Frenk Roxasga qarshi jang o‘tkazadi.
Prezidentning qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Dongvuk Li o‘z vazifasiga kirishdi.
«Jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli» Gulnora Karimovaga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi.
O‘zbekistonlik yo‘lovchilar Rossiyaga qo‘l yuki va bagajda ho‘l va quruq mevalarni olib bora oladigan bo‘ldi.
Eronning Fajr shahrida o‘tkazilgan «Fajr Open» xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik taekvondochilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Toshkent xalqaro aeroportida bir nafar ayolni fohishalik qilishi uchun Dubay shahriga olib ketayotgan M.T. qo‘lga olindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi «Hukumat soati"ga aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yuzasidan masala kiritildi.
Qibray tumanidan o‘tuvchi «Qodriya-Oqqovoq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi fuqaro M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgani natijasida u vafot etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni saqlash bilan bog‘liq qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib olish tarmog‘ini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan boshlab tadbirkorlar uchun bank hisobraqamini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi.
O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib etishga qaratilgan «O‘zbekiston sayyohlik axborot markazi» Pokistonda ish boshladi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tish holatlarini to‘xtatdi.
1 iyuldan taksi avtomobillarini bo‘yash o‘rniga maxsus yopishtiriladigan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. Xuddi shu sanadan taksilar «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi amal qiluvchi hududda to‘xtashi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting