Samvel Babayan «Bunyodkor» kafilligi ostida O‘FA Ijroqo‘mi tomonidan afv etilganidan so‘ng «Lokomotiv» klubida ish boshladi.
O‘zbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor Elchisi Ulug‘bek Rozuqulov ASEAN Bosh kotibi Dato Lim Jok Xoyga ishonch yorlig‘ini topshirdi.
Shuhrat Teshayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezidentning «II Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Jizzax viloyatida o‘quvchining o‘limiga mushtlashuvda olgan jarohati emas, yurak xastaligi sabab bo‘lgan, deya ma’lum qildi XTV va Bosh prokuratura.
Akram Egamov Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya vazirligi va USAID sud-huquq islohoti bo‘yicha 10 million dollarlik qo‘shma dasturni amalga oshirmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Amritsar qatnovini amalga oshirayotgan Boeing 767 samolyoti poytaxtga qaytdi. Qaytishga Pokiston osmoni tranzit parvozlari uchun yopilgani sabab bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.
2−12 mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tadi Butunjahon qishki universiadasida o‘zbekistonlik olti sportchi qatnashadi.
Prezidentning «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Pochta jo‘natmalari va chegarada postlari orqali psixotrop tabletkalar va narkotik moddalarni O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar fosh etildi.
Shavkat Mirziyoyev Dominikan Respublikasi prezidenti Danilo Medina Sanchesni mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Samarqand shahrida noqonuniy aviakassa ochib, Turkiya va Rossiya davlatlariga borish uchun qalbaki aviachipta sotgan shaxs qo‘lga olindi.
Markaziy bank tomonidan oltin va kumush esdalik tangalarining sotish narxlari e’lon qilindi.
Yengil konstruksiyali infratuzilma ob’ektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev O‘zbekistonga chempionlik kamarini olib kelish niyatida ekanini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting