Hukumat qarori bilan xorijiy fuqarolarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haq oshirilgan miqdorda bozor narxlaridan kelib chiqib to‘lanishi belgilandi.
Bahorda Toshkentda 410 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilmoqda.
Futboldan bir umrga chetlatilgan Samvel Babayan Toshkentning «Lokomotiv» klubi prezidenti maslahatchisi bo‘ldi.
Mualliflik huquqlarini buzganlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, deya esga oldi Intellektual mulk qo‘mitasi vakili.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z bayrami kunlariga ichki reyslarga 30−50 foizlik chegirma e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uellsni qabul qildi.
Namanganda noqonuniy olib o‘tilayotgan kiyim-kechak mahsulotlari va maishiy texnika vositalari to‘xtatib qolindi.
«Jahon adabiyoti durdonalari: o‘zbek tiliga tarjima qilish va chop etishdagi yutuqlar, muammolar va istiqboldagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Faxriddin Boboyevga «O‘zcharmsanoat» uyushmasining raisi vazifasini bajarish yuklandi, Farhod Nurmuhamedov uyushma raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Yuqori professional harbiy xizmatchilarni tayyorlash maqsadida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘quv kurslari tashkil etildi.
2020−2024-yillarda oltin zaxirasi hajmining o‘sishi 474 tonnani tashkil etishi mumkin.
Abdurashid Isroilov Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamentining direktori etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Qatarning Redco International kompaniyasi O‘zbekistonda energiyasi loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Toshkent prokuraturasi Anhor kanali bo‘yidagi buzilayotgan uyda yashovchilarni ko‘chirishga mas’ul hokimiyat xodimiga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atdi.
Andijon markaziy poliklinikasida isitish qozoni portlashi oqibatida 18 nafar 9-sinf o‘quvchisi jarohatlandi. Portlash ular tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda sodir bo‘ldi.
Surxondaryoning Denov tumanida maktab o‘qituvchisi yomon xulqi uchun o‘quvchini tayoq bilan urib, jarohatladi.
Surxondaryo viloyat onkologiya dispanserida ko‘ks oralig‘i va o‘pka sohasidagi o‘smalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining «Saylov kodeksi» muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting