FVV va bojxona xodimlari xorijga chiqayotgan fuqarolar bilan shaxsiy xavfsizlik choralari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Koreya Ruspublikasi Prezidentiga Miryandagi yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent boshqarmasi o‘tgan yil davomidagi faoliyat natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkentning Sergeli tumanida ilk bor markazlashgan issiqlik ta’minotining zamonaviy modeli joriy etiladi.
Axborot texnologiyalari vazirligi fuqarolarni AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan o‘rtoqlashishga chaqirmoqda.
O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini joriy etishga qaror qilindi, milliy pasport bosqichma-bosqich ID-kartalar bilan almashtiriladi.
Toshkentdagi qariyb 400 ta chorraha 2020 yilgacha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi.
Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra barcha tibbiyot tashkilotlarida shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.
OIVga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturida antiretrovirus preparatlari xaridlarini moliyalashtirishni oshirib, kasallikka chalingan shaxslarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kollejlarga mutaxassislik olish uchun11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Ta’lim 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.
Farg‘ona viloyati hokimi Qozog‘istondagi avtobus yong‘inining 16 qurboni yashagan Toshloq tumani aholisini viloyatni sharmanda qilganlikda aybladi.
Bosh prokuror Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari va Andijon viloyati prokurorini tayinladi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, mamlakat rahbariyati va xalqiga Olimpiadani muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.
Toshkentning Yunusobod tumanida mast BMW haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.
Yaqin Sharq bozorlariga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazib berish boshlandi.
2018 yilgi Davlat dasturida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida formaldegid konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari aniqlandi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiyaning yangi elchisi Yan Borini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting