Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi
1 dekabr 2023, 10:31

Buxoroga 20 ta yangi avtobus olib kelindi

Buxoro shahriga Xitoyning 20 ta yangi Zhang Tong avtobusi keltirildi, ular 5-dekabrdan yo‘nalishlarga chiqariladi. 2024-yil iyuligacha yana 80 ta shunday avtobus yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Toshkentda o‘quvchi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 dekabr 2023, 10:23

Toshkentda o‘quvchi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi elektr toki urishi oqibatida vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda tadbirkor soat 22:30 dan keyin kafesiga ayollarni kiritmagani uchun jarimaga tortildi
1 dekabr 2023, 10:13

Toshkentda tadbirkor soat 22:30 dan keyin kafesiga ayollarni kiritmagani uchun jarimaga tortildi

Toshkentdagi kafe menejeri va uning xodimi soat 22:30 dan keyin ayollarni muassasaga kiritmagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (har biri 6,6 million so‘mdan) miqdorida jarimaga tortildi. Ular jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan.

O‘zbekistonlik kurashchilar Turkmanistonda o‘tgan JCHda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi
1 dekabr 2023, 10:12

O‘zbekistonlik kurashchilar Turkmanistonda o‘tgan JCHda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

Turkmanistonda kurash bo‘yicha o‘tgan XIV jahon chempionatida o‘zbekistonliklar 9 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududidagi soliq rezidenti sifatida ishlay boshladi
1 dekabr 2023, 09:52

Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududidagi soliq rezidenti sifatida ishlay boshladi

Davlat soliq qo‘mitasi 1-dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekiston hududida soliq rezidenti — “YandexGo UB” MCHJ tomonidan taqdim etilishini ma’lum qildi. Avvalroq qo‘mita Yandex Go`dan soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni to‘lash va mijozlarga fiskal chek taqdim etishni talab qilgandi.

Jahon banki O‘zbekistonga 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
1 dekabr 2023, 09:37

Jahon banki O‘zbekistonga 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki Ijrochi direktorlari kengashi “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha orqali 9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan, 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Qumqo‘rg‘on hokimi fuqarodan hadya sifatida “Equinox” olish bo‘yicha farmoyishini bekor qildi
30 noyabr 2023, 19:09

Qumqo‘rg‘on hokimi fuqarodan hadya sifatida “Equinox” olish bo‘yicha farmoyishini bekor qildi

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha farmoyish imzolagandi. Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasidan keyin hokim eski farmoyishini bekor qildi. Ikki hujjat ham E-qaror tizimida yashirin holda turibdi.

“Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini uch baravar oshirmoqchi
30 noyabr 2023, 18:07

“Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini uch baravar oshirmoqchi

Qozog‘istonning magistral neft quvuri milliy operatori “Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Yetkazib berish hajmini 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.

“Barcha narsani 7 emas, 77 marta o‘lchash kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida
30 noyabr 2023, 17:46

“Barcha narsani 7 emas, 77 marta o‘lchash kerak”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda AES qurilishi haqida

O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda, dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarning ham tajribasi o‘rganilmoqda. “Rosatom” rahbari avvalroq tomonlar “shartnoma imzolashdan yiroqda emas”ligini aytgandi.

MTRKga ajratilgan €22,5 mln miqdordagi kredit davlat budjeti hisobidan qoplanadi
30 noyabr 2023, 17:20

MTRKga ajratilgan €22,5 mln miqdordagi kredit davlat budjeti hisobidan qoplanadi

Prezident MTRKga ajratilgan kredit bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish, shuningdek, uni qaytarishda davlat budjeti ulushini oshirishga oid qarorni imzoladi. Dastlab 22,5 mln yevro qarzni teng taqsimlash rejalashtirilgan bo‘lsa, endi 93 foizi budjet hisobidan qoplanadi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari savdoni faollashtirish masalalarini muhokama qildi
30 noyabr 2023, 15:49

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari savdoni faollashtirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Buyuk Britaniya tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida Palm ID to‘lash tizimi ishga tushirildi
30 noyabr 2023, 15:23

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida Palm ID to‘lash tizimi ishga tushirildi

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi (Palm ID) ishga tushirildi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur.

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
30 noyabr 2023, 14:57

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

O‘zbekiston tumanida ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda bu yil qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz va elektr taqchilligi qanday qoplanadi?
30 noyabr 2023, 14:51

O‘zbekistonda bu yil qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gaz va elektr taqchilligi qanday qoplanadi?

O‘zbekiston energetika vaziri qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan energiya resurslari tanqisligini qanday qoplashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Rejaga ko‘ra, mazutdan elektr ishlab chiqariladi, yirik korxonalarni tungi ish rejimiga o‘tkaziladi, AGTKSHlarga gaz yetkazib berish qisqartiriladi.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kreditlash bo‘yicha ochiq elektron platforma ishga tushiriladi
30 noyabr 2023, 12:49

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kreditlash bo‘yicha ochiq elektron platforma ishga tushiriladi

O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangicha moliyalashtirish tizimiga o‘tilib, klaster va fermerlarga bu uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bank va ta’minotchilar bilan shartnoma imzolash uchun ochiq elektron platforma ishga tushiriladi.

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
30 noyabr 2023, 12:07

Olmaotadagi xostelda yuz bergan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi
30 noyabr 2023, 11:27

Suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi

Prezident suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yig‘ilishda bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi. Suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyot yiliga 5 mlrd dollar daromadni boy berayotgani sabab suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
30 noyabr 2023, 11:02

Qozog‘iston fuqarosi Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston sudi mamlakat fuqarosini “Vagner” XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi — u yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 noyabr 2023, 10:50

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.

Deputatlar O‘zbekistonga dronlarni olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirishni muhokama qilmoqda
30 noyabr 2023, 10:42

Deputatlar O‘zbekistonga dronlarni olib kirganlik uchun jazoni yengillashtirishni muhokama qilmoqda

Qonunchilik palatasi O‘zbekistonga dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hozirda buning uchun jinoiy javobgarlik bor, lekin kelajakda birinchi ushbu huquqbuzarlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting