Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan prezident sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlari uchun ayrim soha mutaxassislarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Yanvar-sentabr oylarida banklar aholidan sotganidan 4,8 mlrd dollar ko‘proq valyuta sotib oldi. Ijobiy farq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar oshdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi kamaydi.
Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar bilan O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini aniqlash uchun binolarning minimal soliq bazasini ko‘tarish ko‘zda tutilgan.
Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda.
Optimo menejerlar va kassirlar uchun qulay interfeysga ega bo‘lib, biznesni avtomatlashtirishga yordam beradi.
2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyin xalqqa murojaatida hokimiyat Donald Trampga “tinch va tartibli” o‘tishini ta’minlashini aytdi. “Biz mamlakat tanlovini qabul qilamiz”, — dedi u.
O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi.
Taxtaqoracha dovonida tog‘dan ulkan tosh avtomobilga qulashi oqibatida uch kishi, jumladan, ikki nafar Vengriya fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi chuqur ta’ziya izhor etib, marhumlarning jasadlarini vataniga qaytarishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
To‘qqizta kinopremyera, an’anaviy art-bozor, ijodiy mahorat darslari, teatr tomoshalari, konsertlar, bolalar uchun ko‘ngilochar shoulari, do‘konlardagi chegirmalar, ko’rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Uzum Tezkor kurerlik sohasidagi keng tarqalgan, jumladan, ularning daromadi kamligi, ayollar ishlay olmasligi, karera qilish imkonsizligi haqidagi miflarga to‘xtaldi.
Oktabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxining oshishi fonida yana 2 mlrd dollarga oshib, 43,1 mlrd dollarga yetdi. Ko‘rsatkich ketma-ket to‘rtinchi oy rekordini yangiladi. Markaziy bank oz miqdorda qimmatbaho metall sotib, qimmatli qog‘ozlar xarid qildi.
Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi.
Yashil Meros dasturi O‘zbekiston aholisini, jumladan, Click’ning 18,4 milliondan ortiq foydalanuvchisini atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga jalb etadi.
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
DXX Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Andijondagi holatda korxona rahbari va tadbirkor kelishib, issiqxonaga ajratilgan yerni kottej qurishga moslab berish evaziga xaridordan $230 ming so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Ular oldindan $30 ming olganida ushlandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Toshkent metrosining gavjum bo‘lgan 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Metrodagi birinchi jamoat hojatxonasi 2022-yilda ochilgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting