“Davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmon qabul qilindi.
O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zosi Muhammadqodir Toshtemirov umumiy hisobda 308 kg. natija qayd etgan holda kumush medalga ega chiqdi.
Samarqandda uch qizning mashinada urib yuborishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«O‘zbektelekom» shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga bir daqiqa uchun 12 so‘mlik yagona tarifni joriy etdi.
O‘zbekiston prezidenti Misr bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyibni qabul qildi.
O‘zbekistonning gidrometeorologik va geologik xavfli hududlarida 334 fuqaro yashayotgani aniqlandi.
O‘zbekistonning Moskvadagi yangi elchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonch yorliqlarini topshirdi. RF rahbari «O‘zbekiston — Rossiyaning strategik sherigi va ittifoqchisi» ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotda sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi.
O‘zbekistonda noinfeksion kasalliklar uchun har yili 9,3 trln so‘m sarflanmoqda. Mamlakatdagi 78 foiz o‘limga ushbu turdagi xastaliklar sabab bo‘lmoqda.
Chilonzor metro liniyasining Olmazor bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyida yuzaga kelgan texnik nosozlik bartaraf etildi.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari 5000 dollar pora olayotganda ushlandi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Toshkentga tashrif buyurgan Armaniston mudofaa vaziri David Tonoyanni qabul qildi.
Prezidentning «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan Madaniyat vazirligi huzurida ham kengash tuzildi.
Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari, Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari Ruslan Nuriddinov, Vadim Menkov va Nudiya Dusanovaga leytenantlik pogonlari topshirildi.
AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha maxsus elchisi: «Yoshlaringiz sizga kerak, ular hech qayerga ketmay vatanda ishlashi, kelajagini shu yerda ko‘ra olishi kerak».
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2018 yilning 15 oktyabr — 20 oktyabr kunlari «Infolib Uzbekistan» VII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi o‘tkaziladi.
Transport vositalaridan chiqindi tashlab yuborish uchun jarima miqdori ikki barobarga oshirilmoqda.
«Lasetti» avtomashinasining «Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi oldida yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi.
Dzyudo bo‘yicha miks bahslarida Xorvatiya, Belorus, Italiya, Meksika, Venesuela va Xitoy Taypeyi vakillari bilan bitta jamoada harakat qilgan Jayhunbek Nazarov oltin medal sohibi bo‘ldi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Vengriyaning «KISS Group» kimyoviy konserni boshlig‘i, Mishkols shahri kimyo sanoati zonasi bosh direktori Kic Laslo bilan uchrashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting