Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Akfa Medline» MCHJ tashabbusi bilan Toshkentda AKFA xalqaro universiteti tashkil qilinadi.
Shayxontohur tumanida joylashgan ikki maktab bazasida xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) pilot loyihalari amalga oshiriladi.
III Paraosiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Qurolli kuchlar tuzilmasida doimiy shay holatdagi va maxsus topshiriqli bo‘linmalar tashkil etilgani, jangovar shaylik vaqt ko‘rsatkichlari ikki barobarga qisqargani aytildi.
11−12 oktyabr kunlari fuqarolar bepul yuridik yordam olishlari mumkin.
Mehnat vazirligi ilk bor paxta maydonlarida majburiy mehnatga qarshi kurashda huquq himoyachilari monitoringi natijalaridan foydalanadi.
Toshkenda 87-yo‘nalishda qatnovchi avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi.
«MyWay Proforientation» kompaniyasi XTV ko‘magida Toshkentda 9-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi.
Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar uchta, suzuvchilar beshta medal sohibi bo‘ldi.
Maktab direktorlari uchun «Menejerlik kurslari"ni tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy va o‘quv-metodik ta’minot tayyorlandi va xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» klubi vingeri Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan hakamga qarata suv idishini otgani uchun diskvalifikatsiya qilindi.
Samarqand viloyatida mol boqishga chiqqan ikki kollej o‘quvchisining janjali o‘lim bilan yakun topdi.
Hukumat qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi o‘z faoliyatini boshladi.
Paraosiyo o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shirin Sharipov oltin, Shuhrat Boboyev kumush, Feruza Yusupova va Sharif Xalilov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
«Toshshahartransxizmat» xodimasini haqorat qilgan Damas haydovchisi uch kun muddatga ma’muriy qamoqqa olindi.
Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Jizzax xududlaridagi Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilib, obyektlarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.
Rossiyaning «Silmash» konserni Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining oltita energoblokini modernizatsiya qilib, ularning quvvatini 1950 MVtga yetkazadi.
Fransiyaning Veolia kompaniyasi 25 yil davomida Toshkentda ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlash hamda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.
Navoiy viloyatining Karmana tumanida Nexia-2 va yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida yetti kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting