Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda farzandi o‘qituvchi bo‘lishni xohlaganlar 7 foiz, o‘qituvchilar orasida esa 3 foizni tashkil etishini keskin tanqid qildi.
Prezident o‘qituvchilar oyligini oshirish, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, o‘quv standartlari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarni bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida qonunbuzarlik holatlari fosh etildi.
O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda va bu to‘qimachilik sanoatining tiklanishiga yordam berishidan umid qilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan 27 iyulga qadar Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi.
Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 13 medalga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol sportchi jahon chempioni bo‘ldi.
«Biznes laboratoriyasi» O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etadi.
Pastdarg‘om tumanidagi 28-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri va Samarqand shahar 2-son tug‘uruqxona bosh vrachi iste’foga chiqarildi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ekspertlarining fikricha, IVV tomonidan avtomashinalar oynasining tonirovkasi bo‘yicha taklif qilingan hujjat qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi qamoqxonada saqlanayotgan Ma’rufjon Shakarovning onasi va xolasi bilan uchrashuvini tashkillashtirish borasida ish olib bormoqda
Ishga qabul qilish uchun 300 dollar so‘ragan Norin tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga tushdi.
FVV O‘zbekiston hududida issiq va quruq havo kutilayotganidan ogohlantirdi.
Samarqand viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari O‘tkir Abdullayevga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxatga o‘zgartirildi.
17-iyul kuni MAK reyslari Urganch o‘rniga Nukus orqali amalga oshiriladi. Kompaniya bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
Fazliddin G‘oyibnazarov, Shaxram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev AQSHda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.
Birinchi yarim yillikda qariyb 280 mlrd so‘mlik xarajatlarda moliyaviy intizom buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.
Toshkentning Sergeli tumanida yil oxiriga qadar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun 60 ta ko‘p qavatli uy quriladi.
Yevropa ittifoqi O‘zbekiston bilan sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimni yangilaydi.
Birinchi yarim yillikda aholi umumiy daromadlari 109,2 trln so‘mni, bir kishiga o‘rtacha hisoblaganda esa 3,3 mln so‘mni tashkil etdi.
Toshkent nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting