O‘zbekistonlik Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional boksga o‘tdi.
Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1960 go‘dak dunyoga keldi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi.
Prezident Vazirlar Mahkamasi komplekslarining yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazdi.
Yaqin kunlarda Qamchiq dovonida qor yog‘ishi va qattiq sovuq tushishi kutilmoqda. FVV kechki vaqtlarda safarga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.
Faxriy unvonga ega va daromadlari gonorar ko‘rinishida bo‘lgan mehnat qiluvchi pensionerlar nafaqa pulini to‘liq oladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sayyohlar uchun ma’lumot markazini ishga tushirdi.
Qo‘shni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlarga qo‘yilgan 10 dollarlik chegara bekor qilinadi. Qozog‘istondan 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni olib kirishga ruxsat beriladi.
Prezident Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
IIV 21 ta YPX, 14 ta blokpost va 19 ta to‘siq postlari faoliyati tugatilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda iliq ob-havo o‘rnini yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar egallashi kutilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» RF va Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarga oldindan xarid qilingan chiptalar uchun chegirmalar joriy etdi.
Prezident qarori bilan yili to‘lmagan avtomobillar bo‘yicha ishonchnoma va shartnomalarni notarial tasdiqlaganlik uchun boj bekor qilindi.
2018 yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil bo‘ladi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqqa yo‘llagan Yangi yil tabrigida. U asosiy vazifalar sifatida xalqning hayot darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashni sanab o‘tdi.
Toshkent va boshqa shaharlar aeroportlarida 1 yanvardan ikki yo‘lak tizimi ishga tushadi.
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar o‘rtacha 25 foizga oshirildi.
Sankt-Peterburgdagi portlash vaqtida jarohatlangan Xazratqul Aliqulov jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli chiqdi.
Chimyonga qatnaydigan avtobus va mikroavtobuslar harakati 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lidagi ko‘chki sababli vaqtincha to‘xtatildi.
«O‘zavtosanoat» Bishkekda Qirg‘izistonda ishlab chiqarish taklif etilayotgan Ravon avtomobillari va Isuzu avtobuslari taqdimotini o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Rossiya atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting