Toshkentda 10 yil davomida bozorlar va go‘sht-kolbasa ishlab chiqaruvchilariga Qashqadaryodan zararlangan go‘sht yetkazib bergan uyushgan guruh faoliyati fosh etildi.
Yaqin kunlarda yomg‘irning qorga aylanishi va shamol tezligining 22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni Navoiy viloyatida kuchli shamol binolar tomiga shikast yetkazdi. Kuchli shamol esishi xavfi saqlanib qolmoqda.
Jizzax markazida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 26 yilligiga bag‘ishlangan «Armiya va yoshlar» festivali bo‘lib o‘tdi.
Buzilayotgan O‘qchi va Olmazor mahallalari aholisiga yangi uylardan kvartiralar taklif etildi, qurilish yakunlangunga qadar ular turar joy ijarasi uchun mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovida 76,2 foiz saylovchi ovoz berdi. Ilk bor saylovchilarning elektron ro‘yxatidan foydalanildi.
Test sinovlarining birinchi bosqichida 100 nafardan ziyod futbolchilar milliy chempionatda ishtirok etish uchun jismonan tayyor emasligi aniqlandi.
Hukumat texnik ko‘rikdan o‘tishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish to‘g‘risidagi talabni bekor qildi.
Bundan buyon notarial tasdiqlangan nusxalar faqatgina xorijdagi harakatlar uchun zarur bo‘lgan yoki chet elda berilgan hujjatlar uchun talab qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonidagi ishlar bilan tanishdi.
Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy majlisi bo‘lib o‘tadi.
Tashkent City kontinental velojamoasi 2018 yilda veloshosse va velotrek bo‘yicha 14 ta musobaqada ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yilgi davlat byudjeti har tomonlama va chuqur o‘ylanmas ekan, unga qo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bazasida «Aviakosmik injiniring» yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatini isloh qilish zarurligini, chorak asr davomida uning vakolatlari asossiz ravishda kengayib ketganini ma’lum qildi.
Prezident O‘zbekistonda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezident parlamentga murojaatnoma taqdim etdi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Ekologik harakat vakillari uchun parlament quyi palatasiga kvota ajratish to‘xtatiladi.
O‘zbekiston viloyatlari chegaralaridan yo‘l-patrul xizmati postlari tugatiladi, dedi Prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu iqtisodiyot va turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting