Belarusda fuqarolarga dronlarni uchirish va saqlash taqiqlandi
26 sentabr 2023, 10:32

Belarusda fuqarolarga dronlarni uchirish va saqlash taqiqlandi

Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi
26 sentabr 2023, 09:58

Toshkentda ilk “garmoshka”li elektrobus qatnay boshlaydi

Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.

Uchtepa va Chilonzorning ba’zi hududlarida gaz o‘chiriladi
26 sentabr 2023, 09:53

Uchtepa va Chilonzorning ba’zi hududlarida gaz o‘chiriladi

26-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani otib qo‘ydi
26 sentabr 2023, 09:39

Farg‘onada maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani otib qo‘ydi

Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi
26 sentabr 2023, 09:27

“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon har yili 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida topshiriladi. U bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul beriladi.

Tojikiston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar boshlandi
25 sentabr 2023, 23:36

Tojikiston hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar boshlandi

Tojikiston hududlarida elektr energiyasida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Qator shaharlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, elektr toki kunduzi ham, kechasi ham o‘chirilmoqda. Energetika xizmatlari buni qish oldidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.

Tog‘li Qorabog‘dan minglab qochqinlar Armanistonga yetib keldi
25 sentabr 2023, 22:53

Tog‘li Qorabog‘dan minglab qochqinlar Armanistonga yetib keldi

Bir kun avval evakuatsiya boshlanganidan buyon Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 6500 dan ortiq qochqin yetib keldi. Tan olinmagan respublika rasmiylari hududni 120 mingdan ortiq etnik armanlar tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.

25-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
25 sentabr 2023, 22:13

25-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Navbatdagi “Alifbo islohoti"ga jamoatchilik munosabati, CAU (Akfa) universiteti atrofidagi mojaro tafsilotlari, “Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlangani, emlanmaganlar orasida tarqalayotgan ko‘kyo‘tal, Chilonzorda yana daraxtkushlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Qirg‘izistonda un eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi
25 sentabr 2023, 22:04

Qirg‘izistonda un eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi

Qirg‘iziston hukumati “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” maqsadida olti oyga un va bug‘doy eksportini taqiqladi. So‘nggi haftalarda mamlakatda mahalliy bozorning 50 foizini egallagan Qozog‘iston uni narxi keskin oshdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi
25 sentabr 2023, 21:34

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi. Prezident aholi chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdan noroziligi hamda sohaga islohotlar zarurligini ma’lum qildi. Yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish taklif etilmoqda.

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi
25 sentabr 2023, 21:04

“Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlandi

“Antistrumin” yod preparatini ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasi faoliyati tekshirilmoqda. Nojo‘ya ta’sirlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari ushbu preparatni qo‘llash sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Rasmiylar esa bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkin degan fikrda.

Toshkentdagi korxona 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
25 sentabr 2023, 17:11

Toshkentdagi korxona 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.

Xanchjou-2022: Osiyo o‘yinlarining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi
25 sentabr 2023, 15:05

Xanchjou-2022: Osiyo o‘yinlarining ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi

Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza — jami 7 ta medal bilan taqdirlandi. Musobaqadagi ilk oltinni dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal emlanmaganlar orasida tarqalmoqda va bu tabiiy hol — Nurmat Otabekov
25 sentabr 2023, 14:57

O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal emlanmaganlar orasida tarqalmoqda va bu tabiiy hol — Nurmat Otabekov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ko‘kyo‘tal kasalligi mavsumiy bo‘lib, asosan emlanmaganlar orasida tarqaladi. “Shu bois ko‘kyo‘tal kam miqdorda bo‘lsa-da, aholi o‘rtasida qayd etib turilishi tabiiy hol”, — dedi u.

Navbatdagi “Alifbo islohoti”: Jamoatchilik bunga qanday munosabatda?
25 sentabr 2023, 14:19

Navbatdagi “Alifbo islohoti”: Jamoatchilik bunga qanday munosabatda?

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasini jamoatchilik turlicha qarshi oldi: buning “hammaga kerakli o‘zgarish” ekani aytilayotgan bir paytda “o‘zgartirish uchun mantiqiy sabab topa olmayotgan”lar va “to‘rt harfning o‘zgarishi islohot emas” deguvchilar bor. Munosabatlar.

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi
25 sentabr 2023, 13:30

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi

Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
25 sentabr 2023, 13:27

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi
25 sentabr 2023, 13:14

Chilonzor tumanida 30 ga yaqin qurigan ko‘p yillik daraxt kesib tashlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi
25 sentabr 2023, 11:29

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qashqadaryo va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi
25 sentabr 2023, 10:52

Qashqadaryo va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan pul olgan shaxslar ushlandi

Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting