15-aprelga qadar VI Toshkent xalqaro BYD marafonida ishtirok etishni istaganlar hali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Asosiy tadbir 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistondagi Chery brendi avtomobillarga gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgandan so‘ng ham texnik xizmat ko‘rsatish kafolati uzaytirilishini e’lon qildi.
2024-yilning iyun oyida Jizzax viloyatidagi BYD avtomobil zavodini ishga tushirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ushbu brend ostida ikkita model ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi.
2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.
Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.
Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shveysariyaning keksa aholisi mamlakat hukumatining iqlim bo‘yicha harakatsizligiga doir inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ishida g‘olib chiqdi. Haddan tashqari issiq havo ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazib, o‘lim xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi qaror.
O‘tgan mart oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mart bo‘ldi. Meteorologlar ketma-ket o‘ninchi oy oylik harorat rekordini qayd etmoqda.
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali muloqotda bir-birini Ramazon hayiti bayrami bilan qutladi. Davlat rahbarlari “qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq” tilab, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini ham muhokama qildi.
Jizzax viloyatidagi mahallalarga eksportchi liderlar biriktiriladi, dedi prezident. Bundan tashqari, Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish, Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida “turizm halqasi” yaratish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish rejalashtirilgan.
O‘zbek tilidagi eng yirik onlayn-kutubxona — “Ziyouz.com” ishga tushganiga 20 yil to‘ldi. Portalda minglab nasriy, o‘n minglab she’riy asar, minglarcha ilmiy-ma'rifiy maqola to‘plangan. “„Ziyouz.com“ xalqimizning ziyoli bo‘lmog‘iga […] hissa qo‘shayotganidan baxtliman”, deydi loyiha asoschisi Davronbek Tojialiyev.
Toshkent shahri Ekologiya boshqarmasi 10-aprel kuni “Ashxobod” sayilgohidagi charxpalakdan 20 mingta shar yog‘dirilishi haqidagi xabarga munosabat bildirib, sharlar 5 metr balandlikdagi balkalardan tushirilishini bildirdi. Tashkilotchilar ekologiyaga zarar yetkazmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi, deb yozdi boshqarma.
Bungacha poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ishlab kelgan Gulnoza Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
O‘tgan haftada Toshkent shahri hokimligiga tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov tayinlovdan so‘ng poytaxtdagi barcha tumanni aylanib chiqdi. U ishchi guruh bilan mahallalarga borib, kamchilik va muammolarni muhokama qildi. “Gazeta.uz” hokimning 4 kunlik o‘rganishlari aks etgan video va suratlarni jamladi.
Bog‘lar va savdo markazlaridagi shou-dasturlar hamda konsertlar, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, Humo Bahor Fest, ko‘rgazmalar, art-bozor, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va ketma-ket dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Nukusda fuqaroning ishonchiga kirib, 11 ming dollarga DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani aytilmoqda. Aniqlanishicha, u avval ham 4 kishini firibgarlik bilan DXXga ishga joylash evaziga 65 ming dollar olgan. Besh marta sudlangan fuqaroga yana firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
“Sen dunyoga keraksan” ko‘ngillilar jamoasi Ramazon oyida Toshkent shahrida “Yo‘lda iftorlik” loyihasini o‘tkazib, 21 mingdan ziyod ro‘zadorga suv va xurmo tarqatdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida kam ta’minlangan oilalar uchun 100 kishilik iftor dasturxoni yozildi, 20 nafar bolaga velosiped taqdim etildi. Foto.
Saudiya Arabistoni rasmiylari yirik Neom loyihasi doirasida barpo etilayotgan The Line shaharchacida avval rejalashtirilganidek 1,5 mln kishi emas, balki 300 mingdan kam odam istiqomat qilishini kutmoqda. Moliyaviy muammolar tufayli The Line shahri xarajatlari qisqartirilmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting