Uznetix har bir mijozga individual yondashgan holda zamonaviy kasblarni o‘zlashtirish kurslarini taqdim etadi.
Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflarining 15 foizga oshirilishi ma’qullandi.
Prezident farmoni bilan 2025-yildan boshlab O‘zbekistonda jamoat transporti va shahar atrofi poyezdlarida tashish uchun QQS (12 foiz) bo‘yicha berilgan imtiyozlar va boshqa soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
AQSh Federal zaxira tizimi to‘rt yil ichida birinchi marta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi. Ushbu qarorni regulyator yuqori inflyatsiya darajasi ortda qolganiga ishonch hosil qilingani bilan izohladi. Bu O‘zbekistonga qarz mablag‘larini pastroq foiz stavkasida jalb qilish imkonini beradi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda mikrokorxonalarning moliya olish imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 300 mln dollar ajratadi. Dastur bank xizmatlari bilan qamrab olinmagan yoki yetarli darajada qamrab olinmagan mikrokorxonalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Inbazar do‘konlarida ishlaydigan xodimlarning faqat 1 nafari rasmiy ravishda ishlayotganini rad etdi. Qo‘mitaning qayd etishicha, mazkur savdo brendi ostidagi 3 ta tadbirkorlik subyektida jami 44 nafar xodim rasman ishlayapti.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rinni egalladi. Jamoa sentabrdagi 2 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
Boysundagi M-25 konidagi avariya oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari pudratchi tashkilot qaramog‘iga olinadi, deya ma’lum qildi energetika vaziri. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan.
Nurmat Atabekov O‘zbekistonda koronavirusning yangi XEC shtammi qayd etilmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu kasallik yengil va asoratsiz, aniqrog‘i, O‘RVI va grippga xos belgilar bilan kechmoqda. Mutaxassis koronavirusga O‘RVI va grippdek munosabatda bo‘lish vaqti kelganini ta’kidladi.
Shaxmat olimpiadasining 7-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainani mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ayollar terma jamoasi Gretsiyani mag‘lub etdi. Endi ular jamoasida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bo‘lgan AQShga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston 124 ta davlat qatorida BMT Bosh assambleyasining Isroildan o‘z kuchlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
Yandex Uzbekistan Telegram kanallarda avtomatik reklama qo‘yish vositasini ishlab chiqdi. Neyrotarmoq kanallarni mavzu bo‘yicha ajratib, maxsus reklamalar qo‘yadi. Kanallar mualliflari har bir klik uchun pul ishlaydi.
O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Nodir Ganiyev Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Prezident Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini “yuksak baholadi”.
O‘zbekiston BMTning elektron hukumatlar rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingida 6 pog‘ona yuqorilab, 193 davlat orasida 63-o‘rinni egalladi. Uning elektron hukumatning rivojlanish indeksi 0,79 ni, past va o‘rta daromadli mamlakatlar orasidagi ko‘rsatkichi esa 0,76 ni tashkil etdi.
Asialuxe Travel sayyohlik kompaniyasi oila va yaqinlar davrasida unutilmas yangi yil uchun beshta yo‘nalishni taqdim etdi.
Buxoroda Kadastrlar palatasi tuman filiali yetakchi muhandisi qo‘lga olindi. U fuqarodan boshqa tadbirkorga tegishli yerni ro‘yxatdan o‘tkazib berish uchun 3000 dollar olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Internetda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar bo‘layotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasi buni ayrim banklar ogohlantirmasdan yangi axborot tizimlariga o‘tgani bilan izohladi. Banklarga ogohlantirishlar yuborildi.
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi.
Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.
Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting