Yaqinda Chery brendi mag‘lubiyatsiz aksiya o‘tkazdi, unda har bir avtomobil xaridori sovg‘aga ega bo‘ldi. oktabrda Chery Uzbekistan faoliyatining bir yilligi munosabati bilan kompaniya mijozlari uchun yana bir nechta takliflarni tayyorlamoqda.
O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib kelgan 45 yashar erkak 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Dubayga sayohat butun oila bilan dam olish uchun ajoyib yechim bo‘lishi mumkin. Bepul ko‘ngilochar hordiq haqida ma’lumotni Visit Dubai saytida topib, arzon narxdagi sayohatni rejalashtirish mumkin.
Senat Bekzod Narimanovni O‘zbekiston ombudsmanining o‘rinbosari etib sayladi. Avgust oyida uning nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandi.
Mirobod tumanida 2008-yilda tug‘ilgan qiz noma’lum etiologiyali moddadan zaharlanish sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan aholidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Poytaxt hokimligi ta’mirlash ishlari bepul amalga oshirilayotganini eslatib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.
Ish va o‘qish sabab oshxonaga kam vaqt ajratayotganlar uchun Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa taomlar” ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular orasida pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuq oyoqchalari, do‘lma, medovik, napaleon va boshqa taomlar bor.
Sergelidagi aholi turar joy binolari va xonadonlarini ta’mirlash uchun davlat hisobidan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan undirib olinadi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi shu mavzuda bo‘lgan bahs-munozaralardan so‘ng ma’lum qildi.
“Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqaruvchi Samo farmatsevtika kompaniyasi hamta’sischisi Nodir Yunusov AQShda qidiruvda ekani aniqlandi. Yod preparati bilan bog‘liq mojaro fonida u ta’sischilar safidan chiqdi. U va Samo kompaniyasi haqida nimalar ma’lum?
O‘zbekiston prezidenti Berlinda birinchi “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etdi. MO davlatlari yetakchilari Germaniyaning mintaqa va Germaniya o‘rtasida strategik mintaqaviy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ushbu formatda muntazam uchrashuv va maslahatlashuvlar o‘tkazib borish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.
O‘zbekistonda anonim so‘rovda qatnashgan 5000 ga yaqin o‘qituvchining 78 foizi rahbariyat qo‘shimcha majburiyat yuklanmaganini ma’lum qildi. 15 foizi Open budget loyihasi uchun ovoz to‘plashga, 7 foizi esa mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ommaviy tadbirlarga jalb qilinganini bildirdi.
Sergelidagi portlash haqida doimiy xabardor bo‘lib turgan prezident, Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonliklar olgan medallar, uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromad olayotgan Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulnora Karimovaga nisbatan kiritilgan ayblov xulosasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
To‘rtta kinopremera, Yevropa kinofestivali, O‘zbek milliy raqs kechasi, “O‘zbekiston solistlari” kamera orkestri konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ziyofatlar va ketma-ket 3 kunlik dam olish davridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Sarmoya yetishmasligi sabab Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari isitish sektori ko‘pincha standartlarga mos kelmaydigan xizmatlar ko‘rsatadi va xarajatini to‘liq qoplay olmaydi, deyiladi Jahon bankining yangi hisobotida. Bank tahlilchilari hukumatlarga barqaror isitish tizimiga o‘tish strategiyasini taklif qildi.
2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik qilichboz qizlar ilk marta oltin medalga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 32 ta medal bilan 6-o‘rinda bormoqda: 7 ta oltin, 10 ta kumush, 15 ta bronza. Sovrindorlar ro‘yxati.
Buxoroda xorazmlik 23 yoshli erkak o‘zini avtobus g‘ildiraklari ostiga tashlab, voqea joyida vafot etdi. Marhum Toshkentda IELTS imtihonini topshirib, uyiga qaytayotgan bo‘lgan.
Bosh vazir Sergelida sodir bo‘lgan portlashning ertasi kuni ham hududga borib, aholi bilan muloqot qildi. U prezidentning holat bo‘yicha bosh vazir va hokimga tinimsiz qo‘ng‘iroqlar qilgani, ularning davlat rahbari e’tiboridan chetda qolmasligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting