Senator Qutbiddin Burxonov Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinishini tanqid qildi. Senat bu muammoni hal etish yuzasidan kompaniyaga so‘rov yuborgan. Kompaniya “muammoni hal qilish imkonsiz” ekanini aytib, so‘rovni rad etgan.
O‘zbekistonda donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Tegishli qonunni Senat ma’qulladi.
MHTI Toshkent shahrida uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirayotganini ma’lum qildi. Uylar narxi esa eng ko‘p Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida qimmatlagan. Ijaradan daromad va uylar narxi balandligi aholi jamg‘armalarini ko‘chmas mulkka yo‘naltirishini rag‘batlantiradi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga esa Baxodir Xusanov rektor bo‘ldi.
Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullandi.
Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.
O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.
O‘zbekiston hududining katta qismida dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent tumanida fuqaroning yuk mashinasi musodara qilinadigan bo‘ldi. U bir necha kun oldin belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini to‘kib ketgani uchun 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilganiga qaramay, bu harakatini qayta sodir etgan.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.
Toshkent shahrining Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mavze hamda mahallalarga, shuningdek, 3 ta AGTKSHga 29-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada chiqqan kuchli portlash tafsilotlari: yong‘in keltirgan zararlar, vafot etgan va jarohatlanganlar, “An-Nasr” futbol klubidan ketgan Jaloliddin Masharipov, Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga so‘zsiz amal qiladi, dedi mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Qozog‘iston Rossiyaning hududiy da’volaridan qo‘rqmasligini aytdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.
Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.
Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.
Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting