“Ko‘p tamaki chekkani tufayli nafas olishi og‘irroq bo‘lib qolgan”. Komissiya — Polat Shamshetovning o‘limi haqida
8 fevral 2023, 21:20

“Ko‘p tamaki chekkani tufayli nafas olishi og‘irroq bo‘lib qolgan”. Komissiya — Polat Shamshetovning o‘limi haqida

Parlament komissiyasi Polat Shamshetovning kameradoshlariga tayanib, uning ko‘p tamaki chekkani tufayli nafas olishi og‘irroq bo‘lib qolganini ma’lum qildi. O‘sha kuni marhum ko‘p bezovtalangan, to‘satdan ularning ko‘z o‘ngida hushini yo‘qotgan.

Foto: O‘zbekiston aholisi Turkiya xalqiga insonparvarlik yordamini yig‘ishmoqda
8 fevral 2023, 21:01

Foto: O‘zbekiston aholisi Turkiya xalqiga insonparvarlik yordamini yig‘ishmoqda

Toshkentdagi «Texnopark» majmuasida zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisiga insonparvarlik yordami yig‘ilmoqda. Bu yerga issiq kiyim-kechak, oziq-ovqat, birlamchi ehtiyoj buyumlari, poverbanklar, tok generatorlari keltirilmoqda. Xohlovchilar juma kuni kechqurungacha yordam berishlari mumkin.

Turkiyada vayronalar ostidan yana ikki o‘zbekistonlik qutqarildi
8 fevral 2023, 20:05

Turkiyada vayronalar ostidan yana ikki o‘zbekistonlik qutqarildi

Turkiyaning Xatay va Malatya shaharlarida vayronalar ostidan o‘zbekistonlik bir ayol va bir erkak qutqarib olindi. Avvalroq Qahramonmarashda vayronalar ostidan o‘zbekistonlik topilgani haqida xabar berilgandi. Zilzila qurbonlari soni esa 8500 dan oshdi.

Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini 50 foizga oshirish topshirildi
8 fevral 2023, 19:56

Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini 50 foizga oshirish topshirildi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini kamida 50 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Hozirda bu ko‘rsatkich 18 foizni tashkil etadi.

1 aprelgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinadi
8 fevral 2023, 19:41

1 aprelgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinadi

O‘zbekiston prezidenti 1 aprelgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinishini ma’lum qildi (avvalroq 1 martgacha ekani aytilgandi). Shuningdek, joriy yilda 25 ta ko‘chada jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklar, 20 ta ko‘chada pullik to‘xtash joylari paydo bo‘ladi.

Toshkentda yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi — prezident
8 fevral 2023, 18:58

Toshkentda yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev poytaxt bosh reja tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishini aytdi. Bundan tashqari, 2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Bloger Abduqodir Mo‘minov jinoyat ishi doirasida hibsga olindi — IIV
8 fevral 2023, 18:09

Bloger Abduqodir Mo‘minov jinoyat ishi doirasida hibsga olindi — IIV

Bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV ma’lumotida uning bir shaxsdan 3800 dollar olgani, boshqa bir shaxsdan esa 70 000 dollar so‘ragani aytilmoqda. Bloger hibsga olindi.

Toshkentdagi otxonalarning birida 2 bosh jonivor ochlikdan nobud bo‘ldi
8 fevral 2023, 18:08

Toshkentdagi otxonalarning birida 2 bosh jonivor ochlikdan nobud bo‘ldi

Tarmoqlarda «Toshkent otchopari» AJga tegishli otxonada hayvonlar ochlikdan o‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Veterinariya qo‘mitasi 2 bosh ot noto‘g‘ri oziqlantirish oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi. Holat bo‘yicha tergov oldidan tekshiruv tayinlandi.

May oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi kutilmoqda — Markaziy bank
8 fevral 2023, 18:01

May oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi kutilmoqda — Markaziy bank

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev may oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu chora bir necha yildan beri kechiktirib kelinadi.

«O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalariga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
8 fevral 2023, 17:44

«O‘zkimyosanoat» AJ va tarmoq korxonalariga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

2022 yilda «O‘zkimyosanoat» va tarmoqdagi korxonalarda korrupsion harakatlar, mablag‘larning talon-toroj qilinishi va qo‘shib yozishlar hisobiga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. 57 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlandi. Tizimdagi 28 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 25 nafari esa ishdan olindi.

«Bu yil qarzni jalb qilish qiyinlashadi, bu esa hukumatni xarajatlardan tiyib turishi mumkin» — MB
8 fevral 2023, 17:16

«Bu yil qarzni jalb qilish qiyinlashadi, bu esa hukumatni xarajatlardan tiyib turishi mumkin» — MB

O‘zbekiston qarzni jalb qilish qimmatga tushishi sababli katta ehtimol bilan birinchi yarimyillikda yevroobligatsiyalar chiqarmaydi, dedi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Unga ko‘ra, qarz olish narxining oshishi hukumatni ortiqcha xarajatlardan qaytaruvchi omil bo‘lishi mumkin.

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin
8 fevral 2023, 16:53

Olmaliq KMKda 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushishi mumkin

2023 yilgi davlat dasturi loyihasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirib, 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish rejasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, Navoiydagi Pistali konida 4 mln tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishini yakunlash reja qilinyapti.

O‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga gullar olib bormoqda
8 fevral 2023, 16:26

O‘zbekistonliklar Turkiya elchixonasiga gullar olib bormoqda

O‘zbekiston aholisi Turkiyada sodir bo‘lgan yer silkinishlari ortidan halok bo‘lganlarning yaqinlari va qardosh mamlakatga hamdardlik bildirish maqsadida Toshkent shahridagi elchixona oldiga gullar olib bormoqda.

Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida transport oqimi 12 foizga kamayishi mumkin
8 fevral 2023, 15:47

Qo‘yliq-Sergeli yo‘nalishida transport oqimi 12 foizga kamayishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenidagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Quruvchilar dahasidan Qipchoq bekatigacha bo‘lgan qariyb 4 kilometrlik metro yo‘li yaqin oylarda ishga tushadi. Qo‘yliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Shuningdek, transport oqimi 12 foizga kamayishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi
8 fevral 2023, 15:35

Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi sabab bir kishi vafot etdi

Ellikqal’a tumanidagi xonadonda gaz portladi. Oqibatda bir ayol vafot etdi. Voqea bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.

Turkiyada zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan o‘zbekistonlik qutqarildi
8 fevral 2023, 15:16

Turkiyada zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan o‘zbekistonlik qutqarildi

Qahramanmarash viloyatida zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostidan olib chiqildi. U shifoxonaga joylashtirilgan va birinchi yordam ko‘rsatilmoqda.

Samarqandda fuqaroni $15 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
8 fevral 2023, 15:02

Samarqandda fuqaroni $15 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqandda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U puldan uch ming dollarini olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda 50 va 110 MVt kuchlanishga ega quyosh hamda shamol elektr stansiyasi quriladi
8 fevral 2023, 15:00

Qoraqalpog‘istonda 50 va 110 MVt kuchlanishga ega quyosh hamda shamol elektr stansiyasi quriladi

Qorao‘zak tumanida 161 million dollarlik yangi 2 katta investitsiyaviy loyiha, jumladan 50 MVt kuchlanishga ega quyosh elektr stansiyasi va 110 MVt kuchlanishga ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Natijada 200 fuqaroning doimiy ravishda bandligi ta’minlanadi.

Qurilish vazirligi — uylarning zilzilabardoshliligiga kim javobgar ekani haqida
8 fevral 2023, 14:35

Qurilish vazirligi — uylarning zilzilabardoshliligiga kim javobgar ekani haqida

Qurilish vazirligi uylarning zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat berishi haqida ma’lumot berdi. Ishlarning sifatiga kafolat berish va ular lozim darajada bajarilmagan taqdirda, javobgar etib pudratchi belgilangan.

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi
8 fevral 2023, 14:27

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting