Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.
«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident farmoyishiga asosan Baxodir Matlyubov IIV Akademiyasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Ushbu lavozimga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Xatamov tayinlandi.
Prezident qarori bilan Ichki ishlar vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Najmiddin To‘raxodjayev vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yaxyojon Abdulxakov esa vazir o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimini egalladi.
Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.
“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.
O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati bahoriy ko‘rsatkichlarga qadar ko‘tariladi.
Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda maktab qozonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada o‘t yoquvchi halok bo‘lgan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi esa quvurda ishlayotganda ustiga chiqindi va suv kelib qolishi oqibatida suv ostida qolib vafot etgan. Har ikki holatda ham marhumlarning yaqinlariga bir martalik nafaqa va oylik tovon pullari to‘lab berilmagan. Viloyatda mehnat xavfsizligi borasida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.
Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik paralamiyachilar yengil atlektika bo‘yicha Dubaydagi musobaqaning ikkinchi kunida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi jamoada sakkizta medal bor.
Navoiy viloyatida «Cobalt» qarama qarshi yo‘lga chiqib ketib ketib, «Tico» bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH oqibatida mashinalar yongan va «Tico» dagi ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib Akbar Rizayev tayinlandi. U bunga qadar AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli armiyalarning Global Firepower 2021 reytingida 136 ta davlat orasida 51-o‘rinni egalladi.
Germaniyada karantin muddatining 7 martgacha uzaytirilishi, Myanmada namoyishchilarga o‘q uzilgani, AQSHda sobiq respublikachilarning yangi partiya tuzishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi muammolarga to‘xtalib, institutning «chastnыy lavochka»dan farqi yo‘qligini aytdi. Hisobida 100 mlrd so‘m bo‘lishiga qaramasdan, eshik-romlar «kolxoz» idorasinikidan battar ekani, talabalar parta-stullarda o‘tirib bo‘lmasligidan shikoyat qilayotganini aytdi. Rektor xayfsan oldi, bir prorektor ishdan bo‘shatildi. Qolgan prorektorlarga esa bir oy muddat berildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.
Dunyo bo‘yicha koronavirusdan tuzalganlar soni 60 mln 120 mingdan oshdi. Shuningdek, infeksiya yuqtirganlar soni 107,4 milliondan, vafot etganlar soni 2,35 milliondan oshgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting