Boyovut tumanida fevral oyida it tishlagan 64 yoshli erkak quturish kasalligiga gumonlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq fuqaro muolajalarga qaramay vafot etdi. Marhum yashagan manzilda shtab tuzilib, epidemiologik surishtiruv ishlari boshlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Xitoyda JAC Motors kompaniyasi bilan avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. U Xitoyning yana ikki avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan uchrashmoqchi.
Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Tuman fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish komissiyasi obyektni fuqaroga bog‘dorchilik uchun berib yuborgan.
21−23-iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar binoga imtihon boshlanishidan 1 soat avval pasport va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.
Havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli 20-iyuldan boshlab Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari yoritish tizimida cheklov kiritiladi.
31-iyulgacha Toshkentdagi Webster universitetining kuzgi semestriga hujjatlar qabuli davom etadi. Arizalar onlayn qabul qilinib, 14 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.
Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.
Besh oy davomida “O‘zyo‘linspeksiya” O‘zbekistondagi yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlikni aniqladi. 20 ta holatda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 52 ta holatda sifatsiz ish uchun to‘lovni bekor qilish to‘g‘risida talabnomalar kiritilgan.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovladi. Tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetgan. Hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston Gruziya portlarida dengiz terminallari va omborlarni qurish, shuningdek, portlarni uzoq muddatli ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Gruziyaga tashrifi doirasida memorandum imzolandi.
24−27-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib keladi. Hududlarda harorat +41…+44 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urishib, oyoq kiyimi bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tergov va sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, xodim esa ishdan olindi.
Zarafshon tabiiy resurslar inspeksiyasi boshlig‘i ikki kishini ishga joylashtirish evaziga 2500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Deraza profillari ishlab chiqaruvchi Alta Plast kompaniyasi YouTube orqali jonli efirda deraza profillarining 24 soatlik krash-testini o‘tkazadi.
Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit shifoxonada vafot etdi. 17 yoshli gumonlanuvchi qidiruvga berilgan.
Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.
2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.
Rossiya tomonidan Ukrainaning Nikolayev viloyati o‘qqa tutildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi jarohat olgan, qurbonlar ham borligi aytilmoqda. Raketa zarbasi 3 qavatli binoning bir necha qavatini vayron qilgan va 450 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.
Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting