Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan.
Isroilda bahslarga sabab bo‘lgan sud islohoti loyihasiga qarshi yangi yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Minglab namoyishchilar mamlakat bo‘ylab yo‘llarni to‘sib qo‘ydi, bir qancha shaharlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Henley & Partners konsalting kompaniyasining jahon pasportlari reytingida besh pog‘onaga yuqorilab, 78-o‘rinni egalladi. Yaponiya 5 yil ichida birinchi marta reytingda yetakchilikni yo‘qotdi, uning o‘rnini Singapur egalladi. Afg‘oniston pasporti esa eng kuchsiz deb topildi.
Tijorat banklari 19-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 530−11 610 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 665 so‘m.
O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlou o‘rnini Timoti Smart egalladi. U faoliyatini avgust oyida boshlaydi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tbilisiga rasmiy tashrif bilan borib, Gruziya hukumati rahbari Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023−2024-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini imzoladi.
Chirchiqda uylarni sotishdagi korrupsion sxema, ovqatlanish sabab rivojlanishdan ortda qolgan bolalar, Xorazmda bankka to‘pponchada kirgan shaxs, Rossiyada pasportini oldirib qo‘yganlar, “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj, Ohangarondagi yangi chiqindi poligoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Paxta va oltin narxining pasayishi, qishloq xo‘jaligidagi og‘ir ahvol sabab O‘zbekiston rahbariyati 1990-yillar o‘rtalarida iqtisodiyotda “katta xato qaror”ni qabul qilgan. Iqtisodchi Komiljon Akramov prezident Karimovni bu qarordan mashhur makroiqtisodchilardan biri Stenli Fisher ham qaytarolmaganini esladi.
Qirg‘iziston prezidenti imzolagan qonun bilan barcha davlat xizmatchilariga qirg‘iz tilini bilish majburiy etib belgilandi. Ish jarayonida ham qirg‘iz tilidan foydalanish majburiyati yuklanmoqda.
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston Transafg‘on temiryo‘l liniyasini qurish bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichini boshladi. Loyiha qiymati 4,6 mlrd dollardan 8,2 mlrd dollargacha baholanmoqda va 2027-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston ishlarni bahorda boshlashini ma’lum qildi.
Chirchiqda uy-joy sotishda korrupsion sxema mavjud, “shapka” va “otkat” olinmoqda, shu sababli aholining uy-joyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonchi yo‘qoldi, dedi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev. U shahar hokimi va boshqa sektor rahbarlarini tanqid qildi.
Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan jurnalistlarga nisbatan sud ishi yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi.
O‘zbekistonda har o‘n nafar boladan biri ovqatlanishdagi muammo sabab rivojlanishdan ortda qolgan. “Bu raqam butun O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha olingan. Viloyatlar o‘rtasida farq ikki xonali raqamgacha yetadi” deydi Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Komiljon Akramov.
O‘zbekistonda 2023-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdori, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklar summasini belgilashda mezon sifatida ishlatiladi.
Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Ro‘yxat.
Saudiya Arabistonida o‘tgan Counter-Strike:Global Offensive on Steam (CS:GO) kibersporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar Jahon chempionatida qatnashadi. Shuningdek, jamoaga 7000 dollar pul mukofoti beriladi.
Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilingani uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.
Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uy devorlari orasiga tiqilib qolgan mushukni chiqarib oldi.
Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting