Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda
27 yanvar 2023, 10:01

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda

Tarmoqlarda Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat FVB yemirilish oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 375 so‘mgacha ko‘tarildi
27 yanvar 2023, 09:52

Banklarda dollarning sotish kursi 11 375 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 27 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2023, 09:45

Sirdaryodagi uyda portlash bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gulistondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 fuqaro jarohat bilan shifoxonaga olib ketildi.

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi
27 yanvar 2023, 09:41

Toshkent viloyatida Lacetti muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi

Chinoz tumanida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi muzlab qolgan ko‘lmakda qolib ketdi. Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari ularga va avtomashinaga maxsus texnikalar yordamida amaliy yordam ko‘rsatdi.

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi
27 yanvar 2023, 09:35

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi

26 yanvardan Farg‘onadan Qirg‘izistonga pandemiya sabab to‘xtab qolgan mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Farg‘ona-Quvasoy-Qizil-qiya yo‘nalishining yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 yanvar 2023, 23:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning Twitter`da auditoriyasini tiklab olgani, avtobus kattaligidagi asteroidning sun’iy yo‘ldoshlardan ham pastroq masofadan uchib o‘tayotgani, elchixona avtomobillaridan foydalangan Yaponiya bosh vaziri o‘g‘lining janjal markazida qolgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkent hokimi v. b. «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini almashtirdi
26 yanvar 2023, 22:40

Toshkent hokimi v. b. «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini almashtirdi

Yaqinda tayinlangan Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishiga buyurtmachi vazifasini bajaruvchi «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini ham almashtirdi.

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 yanvar 2023, 22:00

26 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023 yilda YAIM va inflyatsiyaning prognozlari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida GES qurilishi shartnomasi va $1,6 mlrdlik kelishuvlar, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan MB, Qirg‘izistonga borgan Shavkat Mirziyoyev, Andijonda o‘ldirib ketilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgardi — ITIM
26 yanvar 2023, 21:55

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgardi — ITIM

2022-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 3,8 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar yil davomida 16,5 foizga, Toshkent shahrida esa 24 foizga oshgan. Shu bilan birga, poytaxtda ijaraga beriladigan uy-joylar 34 foizga qimmatlashdi.

«Humo va Uzcard integratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishdik» — MB raisi
26 yanvar 2023, 21:36

«Humo va Uzcard integratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishdik» — MB raisi

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari uzoq muzokaralardan so‘ng o‘zaro integratsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Markaziy Banki rahbari. Birinchi bosqichda bankomatlarni har ikkala turdagi kartalarni ham qabul qilishga moslashtirish rejalashtirilgan. Bu ishlar may oyigacha yakunlanishi mumkin.

2022-yilda O‘zbekistonga rekord darajada — 16,9 mlrd dollar jo‘natildi
26 yanvar 2023, 20:37

2022-yilda O‘zbekistonga rekord darajada — 16,9 mlrd dollar jo‘natildi

2022-yilda O‘zbekistonga rekord darajada -16,9 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi, bu 2021-yilga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir. Bu mablag‘larning katta qismi Rossiyadan. O‘zbekistondan boshqa davlatlarga 2,1 mlrd dollarlik xorijiy valyuta jo‘natilgan.

Video: Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini urib ketdi
26 yanvar 2023, 18:25

Video: Navoiyda Afrosiyob poyezdi qo‘ylar podasini urib ketdi

Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Navoiy viloyatida qo‘ylar podasini urib yubordi. 1000 ga yaqin qo‘y temiryo‘lni noto‘g‘ri joyda kesib, himoya panjarasini buzib o‘tgan. Hayvonlarning egasi qoidabuzarlik uchun ma’muriy jazoga tortiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
26 yanvar 2023, 17:47

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

Prezident rafiqasi bilan birga Bishkekka bordi. Aeroportda mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida to‘qqizta oltin medalni qo‘lga kiritdi
26 yanvar 2023, 17:35

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida to‘qqizta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandda o‘tkazilayotgan 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekistonlik bokschi yigitlar musobaqada 11 ta medal — 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronzaga sazovor bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonda ikki avtomobil bir-biriga yo‘l bermagani sabab yo‘lovchi halok bo‘ldi
26 yanvar 2023, 17:27

Qoraqalpog‘istonda ikki avtomobil bir-biriga yo‘l bermagani sabab yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nukusda bir-biriga yo‘l bermagan Damas va Gentra to‘qnashib ketdi. Oqibatida Damas yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 4,5−5 foizni tashkil etadi
26 yanvar 2023, 17:25

O‘zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 4,5−5 foizni tashkil etadi

Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.

Britaniya menejment universiteti 2023 yil uchun qabulni boshladi
26 yanvar 2023, 17:00

Britaniya menejment universiteti 2023 yil uchun qabulni boshladi

Britaniya menejment universiteti yangi formatdagi qabul tartibi, yangi kampus va dasturlar asosida ro‘yxatga olish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qambarota GES qurilishi bo‘yicha investitsiya shartnomasini imzoladi
26 yanvar 2023, 16:50

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qambarota GES qurilishi bo‘yicha investitsiya shartnomasini imzoladi

O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga tashrifi arafasida ikki davlat o‘rtasida Jalolobod viloyatida Qambarota-1 GES qurilishi bo‘yicha investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyihaning asosiy uch tomonlama bitimi iyul oyida imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik jinoiy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi modda muhokamaga qo‘yilmadi
26 yanvar 2023, 16:42

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik jinoiy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi modda muhokamaga qo‘yilmadi

Senat ishchi guruhi oiladagi zo‘ravonlikni jinoyat sifatida tan olish to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlagan. Ammo Adliya vazirligi hujjatni eng asosiy qismisiz muhokamaga qo‘ygan. Saida Mirziyoyevaning fikricha, oiladagi zo‘ravonlikka jinoiy jazo belgilanmas ekan, “bir joyda qotib turaveramiz”.

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi
26 yanvar 2023, 16:03

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida to‘rtta mashina — Spark, Lacetti, Nexia-3 va Matiz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi jarohat oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting