Ruslan Nurudinov jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioniga aylandi
15 dekabr 2024, 10:32

Ruslan Nurudinov jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioniga aylandi

O‘zbekiston Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Xususan, Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi.

Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti etib saylandi
14 dekabr 2024, 18:01

Sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili Gruziya prezidenti etib saylandi

Gruziyadagi saylovchilar kollegiyasi Mixail Kavelashvilini yangi prezident etib sayladi. 53 yoshli deputat va sobiq futbolchi yagona nomzod edi. Bu lavozimga uni “Gruzin orzusi” hukmron partiyasi ilgari surdi. Amaldagi prezident Zurabishvili avvalroq o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishdan bosh tortgandi.

Sharh: Kutilayotgan sovuqlik to‘lqini uzoq davom etmaydi, ammo baribir hushyor bo‘lmoq kerak
14 dekabr 2024, 17:30

Sharh: Kutilayotgan sovuqlik to‘lqini uzoq davom etmaydi, ammo baribir hushyor bo‘lmoq kerak

O‘zbekiston 15−17-dekabrda joriy qish mavsumida ilk bor tungi haroratlar -10 dan pasayib ketuvchi sovuqlik to‘lqini ta’siriga tushadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunda energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida “Gazeta.uz” uchun material tayyorladi.

Birjada Ai-80 benzini taklifi 8 kun ichida 4 baravar oshdi, lekin narx deyarli o‘zgarmadi
14 dekabr 2024, 17:00 1

Birjada Ai-80 benzini taklifi 8 kun ichida 4 baravar oshdi, lekin narx deyarli o‘zgarmadi

Energetika vazirligi birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirilganini ma’lum qildi. 6-dekabrgacha 2000 tonna Ai-80 benzini chiqarib kelingan bo‘lsa, 12-dekabr kuni bu miqdor 8000 tonnadan oshdi. Shunga qaramay, benzin narxi deyarli o‘zgarmayapti.

Click Marafon: keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda
14 dekabr 2024, 17:00

Click Marafon: keng ko‘lamli aksiya davom etmoqda

Endilikda Click`da pul o‘tkazmalari Kia K5 avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi. O‘tkazmalar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shuncha yuqori. O‘yin 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.

2024-yilda 13,7 ming nafar yoshlar IELTS`dan 7+ ball oldi
14 dekabr 2024, 16:54

2024-yilda 13,7 ming nafar yoshlar IELTS`dan 7+ ball oldi

O‘zbekistonda 2024-yilda 52 ming 706 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Ularning 1800 nafari 8 ball, 22 nafari esa maksimal — 9 ballni qo‘lga kiritgan.

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari 2027-yilgacha bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
14 dekabr 2024, 15:44

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari 2027-yilgacha bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2025-yildan boshlab ikki yil davomida belgilangan talablarga javob beruvchi kombaynlar hamda ko‘chat ko‘mish va ochish texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.

2024-yilda dunyo bo‘ylab 54 nafar jurnalist o‘ldirildi — “Chegara bilmas muxbirlar”
14 dekabr 2024, 15:44

2024-yilda dunyo bo‘ylab 54 nafar jurnalist o‘ldirildi — “Chegara bilmas muxbirlar”

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda 17 davlatda 54 nafar jurnalist o‘z xizmat vazifasini bajarayotib halok bo‘ldi. Ularning yarmidan ko‘pi jangovar zonalarda vafot etgan. Dunyo bo‘ylab 550 nafar jurnalist qamoqda qolmoqda.

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
14 dekabr 2024, 15:38

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

O‘FAning yil yakunlariga bag‘ishlangan kongressida Abbosbek Fayzullayev “Yilning eng yaxshi futbolchisi”, Husniddin Nishonov “Yilning eng yaxshi futzalchisi” va Diyora Habibullayeva “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb e’tirof etildi. Timur Kapadze esa yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi
14 dekabr 2024, 13:13

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qildi

Janubiy Koreya parlamentida harbiy holat joriy etishga uringan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilishda yetarlicha ovoz to‘plandi. Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 204 deputat ovoz berdi.

So‘rovnoma: Haydovchilar zapravkalarda necha soat navbat kutmoqda?
14 dekabr 2024, 12:50

So‘rovnoma: Haydovchilar zapravkalarda necha soat navbat kutmoqda?

“Gazeta.uz” muxbiri Toshkent shahridagi ayrim zapravkalarda bo‘lib, yoqilg‘i quyish uchun navbat kutayotgan haydovchilar fikriga qiziqdi. Ularning aksariyati tonggi soat 04:00−05:00 da shoxobchaga kelib, navbatda turayotgani, bu holat 3−4 kundan buyon davom etayotganini qayd etdi.

“Saylovchilarga nima deb javob beramiz?” Quyi palatada jamoat transportining alohida yo‘laklaridagi jarimalar bahsga sabab bo‘ldi
14 dekabr 2024, 12:42 1

“Saylovchilarga nima deb javob beramiz?” Quyi palatada jamoat transportining alohida yo‘laklaridagi jarimalar bahsga sabab bo‘ldi

Qonunchilik palatasida jamoat transporti yo‘laklarida harakatlangan haydovchilarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Ammo tashabbus bahslarni keltirib chiqardi. Jumladan, spiker Nuriddin Ismoilov tashabbusni asoslanmagan deb atadi. Tafsilotlar.

Adliya vazirligi: media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
14 dekabr 2024, 11:12

Adliya vazirligi: media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Qaror hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.

Yashil energiya ulushi 40 emas, 54 foizga yetkaziladi — prezident energetika sohasi bo‘yicha yangi rejalarni ma’lum qildi
14 dekabr 2024, 10:36

Yashil energiya ulushi 40 emas, 54 foizga yetkaziladi — prezident energetika sohasi bo‘yicha yangi rejalarni ma’lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilga borib O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushi 54 foizga yetkazilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar raqobatli savdolar orqali elektr energiyasi ulgurji bozori yaratilishini ta’kidladi.

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14 dekabr 2024, 09:43

Xorazmdagi kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Hazorasp tumanidagi yengil konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 13 ta ekipaj jalb etildi va yong‘in bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil gazaklari
13 dekabr 2024, 23:57

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil gazaklari

“Archa” tartaletkalari, qisqichbaqa tayoqchalaridan “Rafaello”, tunets balig‘i, tuxum va marinadlangan bodringdan grenkalar hamda Yangi yil uchun boshqa gazaklar — Zira.uz jamlanmasida.

Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘lamoqchi
13 dekabr 2024, 23:29

Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘lamoqchi

Avstriya o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lamoqchi. “Hozir mamlakat qayta qurishda o‘z fuqarolariga muhtoj”, — dedi Avstriya kansleri. Yevropadagi qator davlatlar singari Avstriyada suriyaliklarga boshpana berish jarayoni to‘xtatib turilibdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda
13 dekabr 2024, 23:14

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi shtatida birinchi kotib — IIV vakili lavozimi joriy etilmoqda. Maqsad — O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini o‘z vaqtida himoya qilishga ko‘maklashish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish.

BMTTDning Markaziy Osiyo shaharlarini iqlim xatarlariga moslashtirish loyihasi ishga tushirildi
13 dekabr 2024, 23:01

BMTTDning Markaziy Osiyo shaharlarini iqlim xatarlariga moslashtirish loyihasi ishga tushirildi

BMTTD Yaponiya hukumati ko‘magida Markaziy Osiyo shaharlarining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish bo‘yicha mintaqaviy tashabbusni ishga tushirdi. 5 million dollarlik loyiha uch yilga mo‘ljallangan.

Bashar Asad hatto qarindoshlarini ogohlantirmay, Suriyadan qochgan — Reuters
13 dekabr 2024, 21:08

Bashar Asad hatto qarindoshlarini ogohlantirmay, Suriyadan qochgan — Reuters

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hatto qarindoshlarini ham ogohlantirmasdan, mamlakatdan qochib ketgan. Moskvaga borishdan bir necha soat oldin u armiyani Rossiyaning yordami yo‘lda ekaniga ishontirgan, deb yozadi Reuters.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting