Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘ringa viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov saylandi.
O‘zbekiston birinchi prezidentining o‘g‘li Pyotr Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi.
Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi turar joy binosi tunda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 25 kishi yaralangan.
S&P reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Agentlik prognoziga ko‘ra, 2023−2026-yillarda mamlakat YAIMining real o‘sishi o‘rtacha 5,4 foizni, aholi jon boshiga YAIM hajmi 2023-yilda 2400 dollarni tashkil etadi.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab Xitoyning Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat ilk blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etuvchi yuk poyezdi 15 kunda kelishi belgilangan.
Saylovoldi tashviqotini Nukusdan boshlagan O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Urganchga keldi.
Pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash uchun Credit Suisse bankirlariga xavf darajasi yuqori mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.
Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘idagi attraksiondan ayol va erkak yiqilib, kasalxonaga yotqizildi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik kamarini taqmagan.
Qoraqalpog‘istonda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. Oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida 13-iyun kuni elektr energiyasi “ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida” vaqtincha o‘chiriladi.
2018-yilda “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan andijonlik aka-ukalardan biri qurolli to‘qnashuvlar vaqtida vafot etdi. Yana biriga esa O‘zbekistonda sud hukmi o‘qilib, u 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.
Samarqand viloyatida kuchli shamol sabab elektr ta’minoti o‘chirildi. Energetika vazirligi bu xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Farg‘onada 42 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi. U voqeadan biroz oldin 7 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan, o‘zi esa poyezddan qochishga ulgurmagan.
Tijorat banklari 13-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370−11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 460−11 500 so‘m.
Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida sodir bo‘lgan yong‘in 4 soatda bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yuzdan ortiq tadbirkorning mol-mulklariga zarar yetgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida O‘zbekiston aholisining 500 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha penyadan kechib yuborilishini aytib, “Ochiq budjet” loyihasiga ajratiladigan mablag‘ni oshirishga va’da berdi. Loyihalar g‘alaba qozonishi uchun 1500 ta ovoz olishi kerak.
Qoraqalpog‘istondagi ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tadbirkorlarga 2028-yil 1-yanvargacha foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
Xorazm viloyatining Xiva shahrida 7−10-sentabr kunlari ilk Xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi. Unda sportchilar bellashuvi, milliy osh chempionati, san’ati ko‘rgazmalari, adabiyotlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
Qo‘qondagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida bir necha soatdan beri yong‘in davom etmoqda. Yong‘inni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting