Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi
10 may 2023, 12:07

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi. 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi
10 may 2023, 11:51

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari korpusini shakllantirish uchun majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi
10 may 2023, 11:38

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi
10 may 2023, 10:32

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi

Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.

O‘zbekistonda antidoping nazorati raqamlashtiriladi
10 may 2023, 10:04

O‘zbekistonda antidoping nazorati raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi. Bunda doping-test nazoratini tashkil qilish, sportchilar ma’lumotlari kiritiladigan onlayn tizim, shuningdek, antidoping ta’lim elektron platformasi yaratish, Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish platformasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Qashqadaryoda uydagi yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
10 may 2023, 10:04

Qashqadaryoda uydagi yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Koson tumanidagi mahallarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida xonadon egasining turmush o‘rtog‘i kuyish tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.

Banklar dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 490 so‘m etib belgiladi
10 may 2023, 09:59

Banklar dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 490 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 10-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 490 so‘m.

Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi
10 may 2023, 09:27

Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi

Paxtachi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta Isuzu yonib zararlandi, 1 kishi jarohat oldi.

Ukraina MDH davlatlari rahbarlarining G‘alaba paradidagi ishtirokini nodo‘stona qadam deb atadi
9 may 2023, 22:11

Ukraina MDH davlatlari rahbarlarining G‘alaba paradidagi ishtirokini nodo‘stona qadam deb atadi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari rahbarlarining Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etganini xalqi “yashab qolish va ozodlik uchun kurashayotgan Ukrainaga nisbatan nodo‘stona qadam” deb atadi.

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi
9 may 2023, 17:09

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi

Pokiston sudi mamlakat sobiq bosh vaziri Imron Xonni hibsga oldi. Uning partiyasi Xon tarafdorlarini ko‘chaga chiqishga chaqirdi.

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
9 may 2023, 14:25

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni urushga yollashga harakat qilmoqda — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi
9 may 2023, 12:04

Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni urushga yollashga harakat qilmoqda — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya hukumatining Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni yollashga urinayotganini xabar qildi. Harbiy xizmatga rozi bo‘lganlar rus qo‘shinlarining yo‘qotish darajasi yuqori bo‘lgan frontga yuborilishi mumkin, deyiladi sharhda.

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medal oldi
9 may 2023, 09:50

Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medal oldi

Doxa shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Diyora Keldiyorova kumush medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
9 may 2023, 00:58

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Moskvaga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Kremlda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Propiska to‘g‘risidagi qonun bekor qilinib, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etiladi
8 may 2023, 23:19

Propiska to‘g‘risidagi qonun bekor qilinib, ro‘yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 12 toifadagi fuqarolar doimiy propiska qilish huquqiga ega. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yangilangan Konstitutsiyaga zid bo‘lgan mazkur qonun bekor qilinmoqda.

O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasiga zid bo‘lgan qonunlar va cheklovlar bekor qilinadi
8 may 2023, 22:46

O‘zbekistonning yangilangan Konstitutsiyasiga zid bo‘lgan qonunlar va cheklovlar bekor qilinadi

Prezident yangi Konstitutsiyaga zid bo‘lgan qonunlar va cheklovlarni bekor qilishni ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. “Propiska” to‘g‘risidagi qonun, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga cheklovlar, bolalar ta’limi uchun to‘lovlardan soliq olish va boshqalar shular jumlasidandir.

8-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 may 2023, 22:00

8-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

9-iyulda o‘tkaziladigan prezident saylovi, Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgan Ombudsman vakillari, nashida yuborgani uchun 3 yilga qamalgan 21 yoshli yigit, O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib qolishini aytgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

P2P o‘tkazmalari ustidan soliq nazoratini o‘rnatish bo‘yicha yangi qoida bekor qilinadi
8 may 2023, 19:56

P2P o‘tkazmalari ustidan soliq nazoratini o‘rnatish bo‘yicha yangi qoida bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ustidan soliq nazorati o‘rnatilishini bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi
8 may 2023, 19:32

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Foto: Prezident G‘alaba bog‘idagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi
8 may 2023, 19:06

Foto: Prezident G‘alaba bog‘idagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting