“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Rozuqulov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov Chuy viloyatida “Altin tulpar unaa kurulush” avtomobil hamda tijorat uskunalarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshlab berdi.
Muzrabot tumanida IIB xodimi mastligi aytilgan va qo‘l-oyog‘i bog‘langan erkakni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB erkak begona ayolning tinchini buzgani, chaqiruvga asosan borgan xodimga qarshilik qilganini bildirdi. Xodimning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Prezident qarori bilan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter kabilar uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi haqidagi talab 2024-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatildi. Biroq ushbu transportlarda harakatlanayotganlar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur bo‘ladi.
Tijorat banklari 12-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470 — 11 520 so‘m.
Ekopartiyadan prezidentlikka nomzod, quyosh panellaridagi kamchiliklar uchun hayfsan bergan prezident, o‘zbekistonliklarning ko‘proq nimaga pul sarflashi haqida, Nukus voqealari bo‘yicha jazoni yengillashtirishni so‘ragan ayblanuvchilar, milliy qadriyatlar ro‘yxati va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
2022-yilning noyabr oyida Jizzax viloyati hududida o‘g‘li va xotinini o‘ldirib, yoqib yuborgan 23 yoshli buxorolik yigit umrbod ozodlikdan mahrum etildi.
Uzun tumanida Gentra avtomashinasi jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Holatga haydovchining tog‘li yo‘llarda xavfli burilishlarga e’tibor bermay harakatlangani sabab bo‘lgan.
Prezident mas’ullarga O‘zbekistonda benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladi. Davlat rahbari, shuningdek, yil oxirigacha elektromobillar uchun 900 ta quvvatlagich o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.
Markaziy bank 2023-yilning I choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. O‘rganish respondentlarning ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanishga ko‘proq mablag‘ sarflaganini ko‘rsatdi. Kredit oluvchilar biroz kamaygan, maishiy xizmat sohasidagilarning daromadlari bo‘yicha kutilmalar yaxshilangan.
Futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo Kubogi musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston “B” guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Musobaqa 2024-yil 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Vohidov nomidagi respublika xirurgiya markazida daraxtlarga zarar yetkazilgani aniqlandi. Shu sababli xo‘jalik mudiri 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilib, undan umumiy hisobda 34,9 mln so‘m undirilishi belgilandi.
O‘zbekistonda “Quyoshli xonadon” dasturi qamrovini oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash, “yashil energiya” sertifikatlari tizimini yaratish hamda GESlarga “yashil” sertifikatlar berilishi belgilandi.
Nukus voqealari bo‘yicha apellatsiya ishi jarayonida sudlanuvchilar va advokatlar jazoni yengillatishni, marhum Shamshetovni esa oqlashni so‘radi. Prokuratura shartli ravishda hukm qilingan 4 nafar sudlanuvchiga nisbatan jazoni kuchaytirishni so‘radi. Birinchi kuni Tajimuratov va Nayipov o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.
Qatar rahbari shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Qatar tomoni uning bo‘lajak tashrifi ko‘p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishiga ishonch bildirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.
ONA jamoat fondi va Uzum o‘rtasida shartnoma imzolandi. Endi Uzum Toshkentdagi tarqatish punktlariga maxsus qutilar joylashtiradi, yig‘ilgan mablag‘lar esa jamg‘arma loyihalariga yo‘naltiriladi.
Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi. YTH sababli 23 yoshli haydovchi vafot etdi.
“Universitetda bo‘lish oson emas, ammo bo‘lmaslik undan ham qiyin” shiori ostida taqdim etilgan “Bugungi mavzu” seriali talaba yoshlarni qiynab kelayotgan ko‘plab aktual muammolarni ochib bergan.
Toshkentdagi yo‘nalishlarga yana 59 ta Yutong elektrobuslari qo‘yiladi (169 ta shunday transport vositasi 20-apreldan harakatlana boshlagan). Bu bir qancha yo‘nalishlarning harakat tarkibini to‘liq yangilash va ayrimlarida elektrobuslar sonini ko‘paytirish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting