Yunusobod tumanida Suriyaga ketib, ISHID terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni maqsad qilgan 18 yoshli qiz 5 yilga qamaldi. U tashkilot rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, uning g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan. Qiz ketish uchun «qizil pasport» olgani va buni yaqinlari bilmaganini ma’lum qildi.
Adliya vazirligi rahbariyati NNTlarni xalqaro grant loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilishga chorlovchi hukumat qarorini bekor qilishga chaqirgan NNT va faollar bilan uchrashdi. Tomonlar hujjat qayta ishlanishi kerakligi borasida bir to‘xtamga keldi.
Vazirlar mahkamasining qarori bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 kishi (bir kun oldin 98 kishi) koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlandi.
Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+17 darajagacha, janubda esa +20 daraja atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari Qozog‘istondagi sovuq antitsiklon massalari ta’siri havo harorati kunduzi +8…+13 daraja, kechasi +3…+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Prezident qarori bilan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida birja tizimida ham akkreditatsiya qilish tartibi joriy etiladi. Shuningdek, 1 dekabrdan boshlab 13 oy muddatga monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar ishlab chiqargan tovarlarni ichki bozorda faqat birja orqali sotish belgilandi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular 3 kunlik yosh kelin-kuyov bo‘lgani va er o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgani aytilmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
25 noyabrda tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 280 — 11 290 so‘mdan sotilmoqda. Sotib olish 11 180 — 11 265 so‘m oralig‘ida.
22 noyabr kuni Farg‘ona tumanida ayol uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi ariqdan topildi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Uzbekistan Airways Konstitutsiya kuni munosabati bilan barcha aviaqatnovlar uchun 8% chegirma e’lon qildi. Chegirma 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
G va H guruhlaridan joy olgan ikkala o‘yinda ham favorit deb aytilayotgan terma jamoalarning qo‘li baland keldi. Portugaliya — Gana bahsida 3:2 hisobi, Braziliya — Serbiya uchrashuvida esa 2:0 hisobi qayd etildi. Ronaldu penaltidan gol kiritib yana bir rekordni qayd etdi. Risharlison esa dublga erishdi.
Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi. Bungacha u jamg‘arma direktori bo‘lgan. Mazkur lavozimda avvalroq Komil Allamjonov ishlagan edi.
O‘zbekistonda mahalliy elektromobillarni utilizatsiya yig‘imi, butlovchi, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va xomashyoni esa bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, investorlarga ma’lum miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berilishi mumkin.
Davlat geologiya qo‘mitasi, «Navoiyuran» va Fransiyaning Orano kompaniyasi o‘rtasida uran qazib olish hamda qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi. Orano «bir necha yuz million yevro» miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Dekabrda Qirg‘izistonga boradigan Shavkat Mirziyoyev, Toshkentda ayolni majburan mashinaga solib, uyiga olib ketgan ota-o‘g‘il, yana ortgan kovid statistikasi, IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgan bloger, AQShda olinayotgan Abdulla Oripov haqida film va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan G‘ofurjon Mirzayev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nash terminali oldida O‘zbekistonda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ish boshladi. To‘lovni parkomat orqali naqd pulda yoki QR-kod bilan to‘lash mumkin. Parkomat qaytim ham qaytara oladi. Yaqin kunlarda kelish terminali oldida ham xuddi shunday avtoturargoh ochiladi.
«O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» Luvrdagi Markaziy Osiyo tarixiga oid birinchi ko‘rgazma bo‘ldi. Tashkilotchilar uning tashrif buyuruvchilarda mamlakatga qiziqish uyg‘otishiga ishonch bildirmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri ko‘rgazmani birinchi bo‘lib tomosha qilgan jurnalistlardan biri bo‘ldi.
G va H guruhlaridan joy olgan Shveysariya — Kamerun va Urugvay — Janubiy Koreya bahslarida o‘yin teng suratlarda o‘tdi. Biroq birinchi o‘yin Shveysariyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda jamoalar nursiz durang qayd etishdi — 0:0.
Deputatlar Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni davom ettirishga qaror qildi. Faqat birgina deputat (ehtimol, Alisher Qodirov) qarshi ovoz berdi. Prezident taklifiga ko‘ra, loyiha 8 dekabr — Konstitutsiyaning 30 yilligida qabul qilinishi kerak edi. Endi referendumni ushbu sanagacha o‘tkazishga ulgurishmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting